Оила психологияси


Jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlari



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93
Оила психологияси

Jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlari
Keyingi yillarda tanosil kasalliklarining oldini olish borasida ko’pgina ishlar 
qilinganligiga qaramasdan, ularning yil sayin oshib borishi bir qator muammolarni 
keltirib chiqarmoqda. Kasalliklar past ko’rsatkichga ega bo’lgan paytda ularning oldini 
olish yuzasidan turkum ishlar susayganligi sababli kasallik kuchayganda bu sohadagi 
faoliyat ta’sirchanligini keng tahlil qilishni oshirish, bu sohada yangi ilg’or chora-
tadbirlarni qo’llash zarur bo’lib qoladi. Hozirda tanosil kasalliklarining o’sishi boshqa 
vaqtdagilardan farq qilganligi sababli tushuntirish ishlarini, kasallikning oldini olish 
chora-tadbirlarining yangi yo’nalishlarida izlanish va taxminlar asosida tashkil etishni 
taqozo qiladi. Kundalik hayotda uchraydigan har xil vaziyatlar, pornografiya, ota-
onalarning o’zaro munosabatlarining yomonligi, yoshlar o’rtasida narkomaniya, 
alkogolizm va fohishabozlikning
rivoji, yoshlar o’rtasidagi gomoseksualizmni avj olishi, albatta shularga qarshi chora-
tadbirlarni yangi yo’nalishlarini ishlab topishga undaydi. Yuqoridagi sabablar, albatta 
bolalarning ruhiy holatiga ta’sir etadi va o’quv muassasalarida bu boradagi ta’lim-
tarbiya
ishlarini to’laqonli olib borilishiga xalaqit beradi. Ayni paytda bular milliy udumlarga 
rioya qilish chegarasidan chiqaradi. Bularning hammasi tanosil kasalliklari bo’yicha 
birlamchi
profilaktikaning sustligidan dalolat beradi va bu kasalliklarning tarqalishidagi asosiy 
omillardan biri ekanligi isbot etiladi. Shuning uchun hozirda hech narsani ayamasdan
aholini tanosil kasalliklari haqidagi axborotlar bilan to’liq ta’minlash zarur. Bunda har 
xil yoshga va uning jinsiga mos adabiyotlar bilan ta’minlash kerak. Ularda kasalliklarni 
belgilari haqida, ularning yuqish yo’llari va ularning oldini olish chora-tadbirlari 
ko’rsatilishi hamda odam eng avvalo o’zini va atrofidagilarning sog’lig’i uchun 
qayg’urishi lozimligini tushuntirish zarur. Birlamchi profilaktikani hozirda yurtimizda 
past darajada hisoblashadi. Lekin respublikada keyingi paytlarda gazeta va jurnallarda 
maqolalar, radio va televideniyeda chiqishlar biroz avj olmoqda, ammo yoshlar 
o’rtasida har xil tanosil kasalliklari haqida maxsus eshittirishlar hozircha kam. 
Birlamchi profilaktika uchun yoshlarga, hatto o’quvchi va talabalar uchun mos 
adabiyotlar chop etish va tarqatish foydadan xoli bo’lmas edi. Adabiyotlarning 
yetishmovchiligi, albatta, yoshlarni boshqa nomunosib adabiyotlarga pornografiya va 
behayo videofilmlarga murojaat etishlariga majbur qiladi. Bular, albatta, yoshlar 
tarbiyasiga salbiy ta’sir qilib, yoshlarni erta jinsiy aloqaga berilishiga sabab bo’ladi. 
«Keyingi pushaymon o’zingga dushman», deganlaridek, agar yoshlar bu jinsiy xulq 
bilan hayot sahnasiga chiqsalar albatta kech bo’ladi. Shuning uchun bu borada jiddiy 
ishlar olib borish shart. Hozirgi vaqtda tanosil kasalliklarining oldini olish uchun
barcha kuchlarni birlashtirish to’g’ri bo’ladi, bular hammasi bir-biri bilan chambarchas 
bog’liqdir. Bularga quyidagi yo’nalishlar kiritiladi: kasalliklarni tarqatish holatining 


114 
targ’iboti, iqtisodiy omillarni izlash va ijtimoiy holatlarni tahlil etish va boshqalar 
birlashib tanosil kasalliklariga qarshi kurash samaradorligini oshiradi.Tanosil 
kasalliklarining oldini olishda har bir inson ongida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya 
qilish haqida tushunchalarni kengaytirish ham o’ziga xos omillar hisoblanadi. Agar shu 
qoidalarga amal qilinsa, tanosil kasalliklarining oldini olishda shaxdam qadam 
qo’yilgan bo’lar edi. Buning uchun har bir inson begonalar bilan jinsiy aloqada 
bo’lgach, jinsiy organlarini tozalab, xo’jalik sovuni bilan yaxshilab yuvgach, 
margansovkali suyuq eritma bilan jinsiy organlarini yuvib, quritib, toza ichki kiyim 
kiyishi shaxsiy gigiyena qoidalariga kirishini tushuntirish lozim. Hozirda butun jahonda 
barcha yoshdagilar orasida «xavfsiz seks» targ’iboti keng avj olgan. Bunda har bir jinsiy 
aloqa oldidan eng qulay oldini olish yo’li — bu prezervativlardan keng foydalanish 
targ’ibotidir. Albatta, targ’ibot bilan birga ular keng savdo tizimida erkin bo’lishi va 
ularning baholari arzon bo’lishi lozim.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin