GLOSSARIY 1.
PSIXOLOGIYa — odamning ob’ektiv borlikni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg’u-xissiyot va boshqa
psixik hodisalar orqali aks ettirish jarayonini o’rganadigan fan.
2.
FAOLLIK - tirik materiyaning umumiy xususiyati bo’lib,tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro ta’sirda
bo’lishda namoyon bo’ladi. Psixik faollik bu o’zaro ta’sir etishda psixik obraz yarata olish
qobiliyatining mavjudligi va shu asosda faollik ko’rsatish bilan xarakterlanadi.
3.
ANALIZATOR — murakkab neyrofiziologik tizim bo’lib, odamga ta’sir etuvchi qo’zg’alishlarni
idrok etish va uni tahlil qilishni ta’minlaydi. Analizator retseptor, nerv yo’llari, miya bilan
bog’lanadigan qismi va miyaning maxsus spetsifik bo’limlarini o’z ichiga oladi (I.P. Pavlov).
4.
PSIXIKA - yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)-ning ob’ektiv borliqni aks ettirish va
shuning asosida shakllangan psixik obrazlar orqali maqsadga muvofiq sub’ektning faoliyati va
uning xatti-harakatlarini boshqarishdan iboratdir.
5.
REFLEKSIYa - kishi bilimlarining o’z-o’ziga, o’zining ichki olamiga, psixik sifatlari va psixik
holatlariga
qaratilishidir.
6.
STIMUL - retseptorlarda qo’zg’alishni vujudga keltiradigan tashqi ichki ta’sirdir.
7.
FAOLLIK - tirik materiyaning umumiy xususiyati bo’lib, tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro ta’sirda
bo’lishda namoyon bo’ladi. Psixik faollik bu o’zaro ta’sir etishda psixik obraz yarata olish
qibiliyatining mavjudligi va shu asosda faollik ko’rsatish bilan xarakterlanadi.
8.
ANKETA — oldindan tayerlangan savollar asosida javob olish uchun tayyorlangan varaka.
9.
AUTOGEN MAShQ — o’z-o’zini ishontirish va o’z-o’zini idora qilishga asoslangan
psixoterapevtik usul.
10.