HARAKAT AKTsEPTORI — markaziy nerv sistemasiiing bo’la digan harakatlar natijasini belgilab
beruvchi neyrodinamik modelidir. Bu model harakatlarning asosiy xarakteristikasini o’z ichiga
olib,harakatlarni boshqarishda ishtirok etadi
P.K. noxin).
22.
ANALIZATOR — murakkab neyrofiziologik tizim bo’lib, odamga ta’sir etuvchi qo’zg’alishlarni
idrok etish va uni tahlil qilishni ta’minlaydi. Analizator retseptor, nerv yo’llari, miya bilan
bog’lanadigan qismi va miyaning maxsus spetsifik bo’limlarini o’z ichiga oladi (I.P. Pavlov).
23. ASSOTsIATsIYa — psixik hodisalarning o’zaro bog’lanishi bo’lib, ma’lum qonunlar bo’yicha
tarkib topadi (jumladan, fazodagi yondoshlik, xronologik, o’xshashlik, qarama -qarshilik va
boshqa assotsiatsiyalar).
24.
PSIXIKA - yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)-ning ob’ektiv borliqni aks ettirish va
shuning asosida shakllangan psixik obrazlar orqali maqsadga muvofiq sub’ektning faoliyati va
uning xatti-harakatlarini boshqarishdan iboratdir.
25.
REFLEKSIYa - kishi bilimlarining o’z-o’ziga, o’zining ichki olamiga, psixik sifatlari va psixik
holatlariga
qaratilishidir.
26.
STIMUL - retseptorlarda qo’zg’alishni vujudga keltiradigan tashqi ichki ta’sirdir.
27.
FAOLLIK - tirik materiyaning umumiy xususiyati bo’lib, tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro
ta’sirda bo’lishda namoyon bo’ladi. Psixik faollik bu o’zaro ta’sir etishda psixik obraz yarata
olish qibiliyatining mavjudligi va shu asosda faollik ko’rsatish bilan xarakterlanadi.
28.
ANKETA — oldindan tayerlangan savollar asosida javob olish uchun tayyorlangan varaka.
29.