7
1.
Dasturni ishga tushiring.
2.
Yangi o‘zgaruvchi yaratish uchun “Variable” (O‘zgaruvchi) bo‘limidan “Make a Variable”
(O‘zgaruvchi yaratish) buyrug‘ini tanlang va “New variable name:” (Yangi o‘zgaruvchining
nomi:) bo‘limiga “S” ni kiriting.
3.
Foydalanuvchidan kvadrat tomoniga mos sonni kiritish
va uni “S” o‘zgaruvchiga yozish (o‘zlashtirish) uchun “Code”
bo‘limiga o‘ting va quyidagi skriptni tering:
4.
Dasturni ishga tushiring va qanday hodisa sodir bo‘lishini kuzating.
5.
Kiritilgan sonli qiymatni qayta ishlash
uchun ushbu skriptni tering:
6.
Dasturni ishga tushiring va natijani kuzating.
7.
“Operators” bo‘limidagi “Join” bloki matnning bir necha qismini bittaga birlashtirish
imkonini beradi.
– ko‘paytirish bloki esa kvadrat yuzasini hisoblash imkonini beradi.
Shunday qilib, biz foydalanuvchi tomonidan kiritilgan kvadrat tomoniga ko‘ra, uning
yuzasini hisoblash dasturini tuzishga muvaffaq bo‘ldik.
Masala shartini yanada murakkablashtiramiz. Endi dastur kvadratning perimetrini
hisoblashi lozim.
Buning uchun skriptlar oynasidagi
blokni quyidagi blokka o‘zgartiring:
8.
Tomonlari 8 ga teng bo‘lgan kvadrat
uchun ushbu natija chiqishi kerak:
9.
Loyihani “Kvadrat” nomi bilan saqlang (File
→
Save to your computer buyruqlarini tanlang).
1-mashq. Kvadrat tomonlari berilgan. Uning yuzasini hisoblash scripti (dasturi)ni tuzing.
Dostları ilə paylaş: