BLOKLAR BILAN ISHLASH Algoritmlarning uchta asosiy konstruktsiyasi (ko‘rinishi)
mavjud bo‘lib, avvalgi darsda chiziqli algoritm
konstruksiyasi bilan tanishdik. Endi esa tarmoqlanuvchi
algoritm konstruksiyasi va ularga doir dastur tuzishni
ko‘rib chiqamiz.
Hayotda shunday jarayonlar ham mavjudki, unda
kechadigan xatti-harakatlar muayyan shartlarga
muvofiq bajarilishi lozim. Agar tashqarida yomg‘ir
yog‘ayotgan bo‘lsa, soyabon olish lozim, aks holda,
soyabonga hojat bo‘lmaydi. Sizning xatti-harakatingiz
mantiqiy shartning bajarilishiga, ya’ni tashqarida
yomg‘ir yog‘ayotganligiga qarab, 2 ta tarmoqqa (xatti-
harakatga: soyabon olish va soyabon olmaslik) ajraladi
va ulardan bittasigina bajariladi. Yuqoridagi kabi jarayonlar uchun algoritm tuzishda tarmoqlanuvchi
strukturaga ega algoritmlardan foydalaniladi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR Tarmoqlanuvchi struktura, odatda,
qandaydir
mantiqiy shartni tekshirish blokini
o‘z ichiga oladi.
Mantiqiy shartni tekshirish natijasiga
ko‘ra,
tarmoq
deb ataluvchi u yoki bu
amallar ketma-ketligi bajariladi.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar
–
muayyan shartlarga muvofiq
bajariladigan harakatlar ketma ketligi.
Berilgan shartning bajarilishiga qarab, tarmoqlanuvchi
struktura ko‘rsatilgan tarmoqdan faqat bitta amalning
bajarilishini ta’minlaydi. Berilgan shart –
P romb ichiga yoziladi.
Dastur mantiqiy shartning bajarilish yoki bajarilmasligiga qarab
tarmoqlanishi mumkin. Agar dasturda shart bajarilsa, “
ha ”
tarmog‘i bo‘yicha
A amal , aks holda, ya’ni shart bajarilmasa,
“
yo‘q ” tarmog‘i bo‘yicha
B amal bajariladi.
Muayyan shartlarga muvofiq ayrim buyruqlar to‘plamini amalga oshirish kerak bo‘lganda,
tarmoqlanish bloklaridan foydalaniladi. Aynan tarmoqlanuvchi jarayonlarga doir dasturlashda
ma’lumotlarning mantiqiy toifalaridan foydalaniladi. Mantiqiy toifa ikki xil qiymatni qabul qilishi
mumkin: “
ha ” (true/rost) va “
yo‘q ” (false/yolg‘on).
Scratch dasturining “Control” bo‘limiga tegishli
if..then va
if..then..else bloklari bilan tanishib
chiqamiz.
P shart
A amal
ha
yo‘q
B amal