Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

BLOKLAR BILAN ISHLASH
Algoritmlarning uchta asosiy konstruktsiyasi (ko‘rinishi) 
mavjud bo‘lib, avvalgi darsda chiziqli algoritm 
konstruksiyasi bilan tanishdik. Endi esa tarmoqlanuvchi 
algoritm konstruksiyasi va ularga doir dastur tuzishni 
ko‘rib chiqamiz.
Hayotda shunday jarayonlar ham mavjudki, unda 
kechadigan xatti-harakatlar muayyan shartlarga 
muvofiq bajarilishi lozim. Agar tashqarida yomg‘ir 
yog‘ayotgan bo‘lsa, soyabon olish lozim, aks holda
soyabonga hojat bo‘lmaydi. Sizning xatti-harakatingiz 
mantiqiy shartning bajarilishiga, ya’ni tashqarida 
yomg‘ir yog‘ayotganligiga qarab, 2 ta tarmoqqa (xatti-
harakatga: soyabon olish va soyabon olmaslik) ajraladi 
va ulardan bittasigina bajariladi. Yuqoridagi kabi jarayonlar uchun algoritm tuzishda tarmoqlanuvchi 
strukturaga ega algoritmlardan foydalaniladi. 
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Tarmoqlanuvchi struktura, odatda, 
qandaydir 
mantiqiy shartni
 
tekshirish blokini
o‘z ichiga oladi. 
Mantiqiy shartni tekshirish natijasiga 
ko‘ra, 
tarmoq
deb ataluvchi u yoki bu 
amallar ketma-ketligi bajariladi. 
Tarmoqlanuvchi algoritmlar 

muayyan shartlarga muvofiq 
bajariladigan harakatlar ketma ketligi.
Berilgan shartning bajarilishiga qarab, tarmoqlanuvchi 
struktura ko‘rsatilgan tarmoqdan faqat bitta amalning 
bajarilishini ta’minlaydi. Berilgan shart – 
P
romb ichiga yoziladi. 
Dastur mantiqiy shartning bajarilish yoki bajarilmasligiga qarab 
tarmoqlanishi mumkin. Agar dasturda shart bajarilsa, “
ha
” 
tarmog‘i bo‘yicha 
A
amal
, aks holda, ya’ni shart bajarilmasa, 

yo‘q
” tarmog‘i bo‘yicha 
B amal
bajariladi.
Muayyan shartlarga muvofiq ayrim buyruqlar to‘plamini amalga oshirish kerak bo‘lganda, 
tarmoqlanish bloklaridan foydalaniladi. Aynan tarmoqlanuvchi jarayonlarga doir dasturlashda 
ma’lumotlarning mantiqiy toifalaridan foydalaniladi. Mantiqiy toifa ikki xil qiymatni qabul qilishi 
mumkin: “
ha
” (true/rost) va “
yo‘q
” (false/yolg‘on).
Scratch dasturining “Control” bo‘limiga tegishli 
if..then
va 
if..then..else
bloklari bilan tanishib 
chiqamiz.
P shart
A amal
ha
yo‘q
B amal



Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin