Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021


I BOB.  DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

I BOB. 
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH
4
I BOB. 
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI.
OBYEKTLARNI BOSHQARISH
O‘QUV MAQSADI
Bu bobda Siz:
Scratch dasturida chiziqli, 
tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi 
algoritmlarga mos bloklar;
o‘zgaruvchilar va o‘zgarmaslar;
Scratch dasturining grafik 
muharriri imkoniyatlari;
animatsiya, multfilm va o‘yin 
tushunchalari;
multfilm va o‘yin ssenariysini 
ishlab chiqish;
kompyuter o‘yinlari, ularni yaratish 
bosqichlarini bilib olasiz.
KO‘NIKMA
Bob yordamida Siz:
Scratch dasturida o‘zgaruvchilarni e’lon qilish va 
undan dasturda foydalanish;
Scratch muhitida chiziqli algoritm strukturasidan 
foydalanib dastur tuzish;
Scratch muhitida shartli strukturaga ega bo'lgan 
masalalarni dasturlash;
Scratch muhitida takrorlanuvchi bloklardan 
foydalanib dastur tuzish;
hisoblagich (schyotchik) yordamida takrorlanishni 
tashkil qilish;
grafik muharrir yordamida yangi sprayt, kostyum, 
fon yaratish va ularni tahrirlash;
multfilm va o‘yinlar uchun sahna ko‘rinishi va 
spraytlar tayyorlash;
ko'p sahnali multfilmlar va kompyuter o‘yinlari 
loyihasini ishlab chiqish hamda ularni dasturlashni 
bilib olasiz.
VOSITALAR
Scratch
Éèà á
i
}éé


5
Boshlash
nondan bir bo‘lak kesib olamiz
nonga sariyog‘ surtamiz
pishloqni non ustiga qo‘yamiz
pishloqdan bir bo‘lak kesib olamiz
tugatish
1-dars
. SСRATCH MUHITIDA CHIZIQLI DASTURLAR 
TUZISH
Aziz o‘quvchilar! Sizlar 5-sinf “Informatika 
va axborot texnologiyalari” darsligi 
yordamida Scratch dasturlash muhitida 
spraytlar bilan ishlash, sodda animatsiya 
dasturini yaratish, spraytlar liboslarini 
almashtirish, ovoz va matn bilan 
ishlash, shakl va sodda multfilmlar 
yaratish bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va 
malakalarga ega bo‘lgan edingiz. Endi esa 
chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi 
algoritmlarga doir dasturlar tuzish, grafik 
muharrir yordamida yangi spraytlar 
hosil qilish, murakkab animatsiyalar, ko'p 
sahnali multfilmlar va kompyuter о‘yinlarini 
yaratishni o‘rganasiz.
Chiziqli algoritmlarda barcha buyruqlar ketma-ketlikda amalga 
oshiriladi. 
Odatda, chiziqli algoritmlarning dastur shaklida yozilishi 
chiziqli 
dastur
deb ataladi.
Chiziqli dasturda barcha operatorlar ketma-ketlikda, ya’ni 
joylashgan tartibi bo‘yicha bajariladi va hech qanday shart 
tekshirilmaydi. 
O‘zgaruvchilar dasturlash uchun juda muhim tushunchalardan 
biri hisoblanadi. Dastur o‘zi ishlatadigan ma’lumotlarni saqlash 
imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Dastur kompyuter xotirasida 
saqlanadigan ma’lumotlarga murojaat qiladi hamda ulardan 
foydalanadi. Aynan mana shu jarayon uchun o‘zgaruvchilar va 
o‘zgarmaslar deb nomlanadigan tushunchalardan foydalaniladi.

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin