Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
AMALIY MASHG‘ULOT
1. “Yangi xabar” o‘yini. Sinf uchta kichik guruhga bo‘linadi. Kichik guruhlardagi har bir o‘quvchi 
shu guruh o‘quvchilari elektron pochta manzillarini yozib oladi.
2. Guruhlar o‘rtasida “Sport turlari”, “Milliy taomlar”, “Bayramlar” mavzulari o‘zaro taqsimlab 
olinadi. 
Xabar yozishda har bir o‘quvchi:
– o‘zi yozgan xabar matni shrifti, stili, o‘lchami, rangini o‘zgartirishi;
– xabardagi imlo va grammatik xatolarni tekshirishi va to‘g‘irlashi; 
– xabar nusxasini “cc” orqali o‘qituvchi manziliga ham yuborishi lozim.
3. Har bir guruhda bir o‘quvchi yangi xat yaratadi, unga berilgan mavzuga oid xabar yozadi, 
masalan, xat sarlavhasiga mavzu nomini (masalan, sport turlari), xabar matniga mavzuga 
taalluqli (masalan, futbol) so‘zni yozib, unga mos rasm biriktirishi mumkin. Tayyor bo‘lgan 
xabarni ikkinchi o‘quvchiga yuboradi.
4. Ikkinchi o‘quvchi xabarni olib, unga mavzuga taalluqli boshqa yangi xabarni qo‘shadi (masalan, 
basketbol so‘zini yozadi) va unga mos rasm biriktiradi. Xabarni uchinchi o‘quvchiga yuboradi.
5. Shu tariqa har bir guruh a’zolari o‘zlariga berilgan mavzular bo‘yicha guruh ichida o‘zaro xabar 
almashishadi.


III BOB. 
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
102
1. Yangi xat yarating. 
2. Xatda “Sevimli kitobim” mavzusida hikoya tuzing. Unda kitob nomi, muallifi, nashr yili va 
kitobdagi sizga yoqqan jihatlar haqida yozing.
3. Ushbu matnli xabarga sevimli kitobingiz rasmini biriktiring.
4. “Kimga” qismiga o‘qituvchingiz elektron pochta manzilini kiriting.
5. “cc” qismiga eng yaqin do‘stingiz elektron pochta manzilini kiriting va xatni yuboring.
6. Hikoyangiz haqida o‘qituvchingiz fikrini undan elektron pochtangizga kelgan xat orqali bilib 
oling.
UYGA VAZIFA

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin