Issiqlik nasoslari. Turli manbalardan issiqlikni utilizatsiya qiluvchi issiqlik
nasoslarini ishlatish usullari.
Er osti katlamlari issikliklaridan foydalanish faqat er osti issiq suv qatlamlariga
emas, balki bevosita er osti qatlari o‘ziga asoslangan bo‘lishi mumkin. Ushbu holda
er osti issiqligidan issiqlik nasoslari yordamida foydalaniladi (8.2-rasm.)
Issiqlik nasoslarining energiya samaradaorligi ularning ishlash xususiyatlariga
bog‘liq: ular issiqlikni suv va havodan olishadi.
Mana shu belgilarga qarab ular 2 guruhga bo‘linadi: geotermal (erning issiqligi
hisobiga ishlovchi) va havoli (issiqlikni atmosferadan oluvchi).
8.2-rasm.
Er osti katlamlari issikliklaridan binolarni isitish uchun foydalanish
Geotermal nasoslar 200 m chuqurlikka etuvchi burg‘u tizimi yoki gruntning
muzlash qatlamidan pastda yotqizilgan quvurlar bilan jihozlanadi. Ehtiyoj
tug‘ilganda, issiqlik nasoslari suvni ham isitib berishi mumkin, maksimum bo‘lmasa
ham +55°Sgacha.
9-ma’ruza. To‘lqinlar enegretikasi. Kichik va mikro gidrostansiyalar.
Reja:
1.
Dengiz to‘lqinlari, okean va dengizlar sohillaridagi to‘lqinlardan hosil
bo‘luvchi energiya.
2.
Kichik va mikro gidrostansiyalar.
Kichik va mikro gidroelektrstansiyalardan foydalanish
Hozirgi kunda kichik va mikro gidroelektrstansiyalarni belgilashni yagona
tushunchasi mavjud emas. O‘zbekistonda quvvati 30 MVt dan kichik bo‘lgan
stansiyalar kichik gidrostansiyalarga kiradi. Norvegiyada esa quvvati 100 kVt dan
kichigi mikro, 100 dan 1000 kVtgacha bo‘lsa mini, 1 dan 10 MVtgacha bo‘lsa kichik
gidrostansiyalarga ajratiladi. Jahon banki kichik gidroelektrostansiyalarga quvvati 10
MVtdan kichik stansiyalar kichik gidroelektrostansiyalarga kiritiladi (9.1-rasm).
|