Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"


-amaliy mashg‘ulot. Quyoshli isitish tizimlari



Yüklə 2,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/74
tarix15.10.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#155708
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

 
4-amaliy mashg‘ulot. Quyoshli isitish tizimlari. 
Reja: 
1.
 
Passiv quyoshli isitish tizimlari. 
2.
 
Aktiv past haroratli quyoshli isitish tizimlari. 
Passiv quyoshli isitish tizimlari. 
Isitish tizimlarda an’anaviy issiqlik manbalari (ko‘mir, gaz va suyuq 
yoqilg‘ilarda ishlaydigan issiqlik chiqarish uskunalari) bilan bir qatorda, an’anaviy 
bo‘lmagan manbalardan, masalan quyosh va geotermal suvlar energiyasidan 
foydalanish mumkin. 
O‘zbekiston sharoitida isitish uchun ayniqsa quyosh energiyasidan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki respublikamiz gelio resurlarga juda ham 
boydir. 
4.1-rasm. «Devor-kollektor» turdagi past haroratli quyoshli isitish tizimi 
1-quyosh nurlari; 2-nurga shaffof to‘siq; 3-havo qatlami; 4-xonaga 
uzatiladigan qizdirilgan havo; 5-xonada sovugan havo; 6-devor massivi o‘zining 
uzun to‘lqinli nurlanishi; 7-devorning qora nur qabul qiluvchi sirti; 8-rostlanuvchan 
to‘sqichlar. 
Quyoshli isitish tizimlari deb, issiqlik manbasi sifatida quyosh energiyasidan 
foydalaniladigan tizimlarga aytiladi. Binolarni isitish uchun quyosh energiyasidan 
foydalanish masalasiga katta e’tibor beriladi. Quyoshli isitish tizimlari boshqa past 
haroratli isitish tizimlaridan, quyosh energiyasini qabul qilish va uni issiqlik 
energiyasiga aylantirish uchun xizmat qiladigan, maxsus elementi-quyosh kollektori 
mavjudligi bilan farqlanadi. 


Quyosh radiatsiyasidan foydalanish usuliga ko‘ra past haroratli quyoshli isitish 
tizimlari passiv va aktiv turlarga bo‘linadi. 
Passiv quyoshli isitish tizimlarda, quyosh radiatsiyasini qabul qiladigan va 
issiqlikka aylantiradigan element sifatida binoning o‘zi yoki uning alohida qismlari 
(devorlar, tom va shunga o‘xshash) xizmat qiladi (4.1-rasm). 
«Bino-kollektor» turdagi passiv quyoshli isitish tizimda, quyosh radiatsiyasi 
yorug‘lik oralig‘lari orqali xonalarga kirib issiqlik tutqichga tushganday bo‘ladi. 
Qisqa to‘lqinli quyosh nurlari deraza oynalaridan erkin o‘tib (o‘tqazish koeffitsienti 
0,85

1,0 ga teng), ichki to‘siqlar va mebellarga tushib, issiqlikka aylanadi. 
Sirtlarning harorati oshadi, issiqlik havoga va xonaning yorug‘lik tushgan sirtlariga 
konveksiya va nurlanish orqali beriladi. Bunda sirtlar nurlanishi uzun to‘lqinli sohada 
sodir bo‘ladi va nurlar deraza oynalaridan yomon o‘tib (o‘tqazish koeffitsienti 
0,1

0,15 ga teng), xonaning ichiga qaytariladi. 
Shunday qilib, xonaga kirgan quyosh radiatsiyasi unda deyarli butunlay 
issiqlikka aylanadi va xonaning issiqlik yo‘qolishlarni to‘liq yoki qisman qoplash 
mumkin. 
Ichki massiv to‘siqlar issiqlik bir qismini akkumulyasiyalashi quyosh 
radiatsiyasi to‘xtagandan so‘ng uni asta-sekin 6-8 soat davomida xonaga berishi 
mumkin. 
Passiv usulda birolarni isitish uchun asosan arxitektura-konstruktiv 
echimlaridan keng foydalaniladi. 
Passiv usulda binoning orientatsiyasi, deraza oynalarining va xonalarning 
joylashishi, o‘lchamlari va boshqa arxitektura-konstruktiv echimlari xonalarga 
quyosh energiyasini bevosita kirishiga hamda qish mavsumida uni isitishiga katta rol 
o‘ynaydi. Bunda yoz davrida quyosh energiyasidan xonalarni o‘ta qizib ketishidan 
oldini olish kerak.
Passiv usulda isitiladigan binolar odatda geliouylar deb nomlanadi. Geliouylarda 
binoning konstruktiv echimlari alohida ahamiyatga egadir

Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin