Muqobil energota’minot qurilish usullari Alternativ energota’minot qurilish usullaridan foydalanib binoni loyihalash
yoki qayta qurish asosiy qoidalari:
- hudud iqlimi va qurilish olib boriladigan muayyan joy meteosharoiti,
geleomaydoni quyosh nuri bilan yoritilganligi, shamol energiyasi qurilmalari
mintaqasidagi shamol oqimlari harakatini hisobga olish zarur;
- energiya ta’minoti sharoitlari, binoni quyosh nurlarini qabul qilishining
optimal variantlarini albatta hisobga olish kerak;
- keyinchalik alternativ energiya bilan ta’minlashdan foydalaniladigan turar joy
binolarini qurish va qayta qurilishda energetik jihatdan samarali bino barpo etishga
xarakat qilish kerak, kuchli issiqlik himoyasi va optimal xajmiy-tarxiy echim
hisobiga binoning issiqlik yo‘qotishi eng kichik miqdorga keltirilishi zarur;
- turar joy muhitini yaratishda ekologik yondashuv ko‘zda tutilishi zarur.
-quyosh energiya ta’minoti va shamol energiyasi uskunalaridan foydalanilgan
passiv va faol sistemalarini o‘rnatishni, O‘zbekiston turar joy fondi ommaviy qayta
qurish bilan uyg‘unlikda olib borishi maqsadga muvofiqdir;
- quyosh va shamol uskunalaridan integrallangan foydalanish tavsiya qilinadi,
elektr tarmog‘iga elektrni generatsiyalovchi, ya’ni ortiqcha energiyani tashlab va
etishmaganini yig‘ib oladigan qurilmani o‘ylash lozim;
- seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kerak;
- alternativ sistema konstruksiyalarini soddalashtirish orqali alternativ
sistemalardan olingan energiya tannarxini pasaytirish erishish lozim;
- turli iqlim sharoitlarida ishlaydigan quyosh sistemalarini loyihalashda
gelioqabulqiluvchilarni binoning turli konstruksiyalarida joylashtirishni hisobga
olish;
- maxsus choralar qo‘rilmaganda geliomanbalarning quyosh nurlanishiga
uchragan yuzasi havo harorati bilan bir xil bo‘lib qoladi, shuning uchun haroratni
oshirish uchun yassi kollektorlar, selektiv qoplamali kollektorlar, quyosh energiyasi
konsentratorlari, akkumlyator batareyalari va boshqalar talab qilinadi;
- bugungi kunda binolar murakkab xolistatik sistemalar bo‘lib hisoblanadi,
yangi quyosh texnologiyasining estetik integratsiyasi, loyihalashda markaziy g‘oya
bo‘lishi kerak.