Hozirgi kunda shamol generatorlarining kafolatlangan ishlash vaqti 30
yilni
tashkil etadi.
SHamol generatorlarining narxi 1 Vt quvvat uchun 0,95 – 1 AQG dollari
atrofida 2020 – 2030 yillarga kelib bu narx 1 Vt uchun 0,65 AQSH dollariga tushishi
kutilmoqda.
Kichik shamol generatorlaridan elektr energiyasi bilan ta’minlash tarmog‘idan olisda
joylashgan maishiy iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun
foydalanish mumkin. 100 Vt va undan ortiq elektr energiyasini barqaror ishlab
chiqaradigan shamol generatorlari mavjud. Kichik
shamol generatorlari yaxshi
konstruksiyasiga ega minora va nazorat tizimiga ega bo‘lishi mumkin. Bunday
manbalar
sifatida dizel generatorlari, quyosh fotoelektrik tizimlari,
mikro GES va
biogaz reaktorlaridan foydalaniladi. Odatda kichik shamol genneratorlaridan yoritish,
kichik quvvatli muzlatgich, elektr nasoslar va radio televizion
uskunalarni elektr
energiyasi bilan ta’minlash yaxshi natijalar beradi.
Dostları ilə paylaş: