quvurlar ishlatilishi mumkin. Panelni quyoshga qaragan tomonini shisha yoki
yorug‘ shaffof material bilan to‘siladi. Quvurlardan issiqlik tashuvchi o‘tkaziladi.
Issiqlik yo‘qotilishiga xalaqit beruvchi va quyosh
nurlarini yutish ulushini
oshiruvchi issiqlik qabul qilish yuzali maxsus qoplamalari bo‘yicha takliflar
mavjud.
Kollektorlar samarali ishlashi ularni o‘rnatish joyi, maydoni, optimal yo‘nalishi va
nishabi, soya tushmasligi, quyosh energiyasini iloji boricha ko‘proq tutib qolishiga
bog‘liq.
Suv isitish uchun yassi issiqlik qabul qilgichlar
:
a-shtamplangan qobiqdagi quvurlar; b-ikki qavatli qovirg‘ali list; v-quvurchalar
ustidan qoplangan qovirg‘ali list; g-ikkita to‘lqinli list; d-shtaplangan va yassi listlar;
e-kolletorga
ulangan quvurchalar; j-pastki shtamplangan (yuqori-yassi) list; z-
butilkauchukdan tayyorlangan kollektor; i-valslangan panel.
Kollektorlar uy ustida yoki uydan alohida joylashtirilishi mumkin, bino
konstruksiyasining bir qismi bo‘lishi mumkin (devor, tomyopma, ekran,
quyoshdan
himoya asboblari)(rasm)
Kollektor maydoni geliosistema ishlash sharoiti yoki uning minimal bahosi va
bino issiqlikka bo‘lgan talabini qondirishda quyosh energiyasi ulushiga qarab
aniqlanadi.
A.A.Seidov tadqiqotlariga qo‘ra, bino iste’mol qilayotgan issiqlikdagi ulushining
optimal nisbati (40...70%)ni
tashkil qiladi, binoning issiqlikga bo‘lgan talabi
geliota’minlanganlik koeffitsienti K
gp
=0,…0,65 ga teng (geliota’minlanganlik
koeffitsienti – gelioqabul qilgich yuzasining binoni isitiladigan
yuzasiga nisbatiga
aytiladi). Koeffitsientning bu qiymati kam qavatli binolarga tegishli. To‘rt qavatli
binolar uchun K
gp
=0,38…0,5 , to‘qqiz qavatli binolar uchun – K
gp
=0,38…0,46.
Faol geliosistemalar va kollektorlar sxemalari 2.11-2.19 rasmlarda keltirilgan.
Nisbatan sifatli kollektorlar mis quvur va mis varaqasidan yasalgan issiqlik yutuvchi
panellarga ega, panel va quvurlarni ulash usuli – payvandlash. Qoplamasi – selektiv.
Oyna do‘lga bardoshli, tarkibidagi temir miqdori – 0.03%, qalinligi 3.2mmli bo‘ladi.
Sinchi anodlangan alyuminiy yoki kukunsimon poliester bilan qoplangan ruxlangan
po‘latdan yasaladi. Issiqlik himoya materiali sifatida
penopoliuretan, shishapaxtadan
foydalaniladi.
O‘rta sifatli kollektorlar mis quvur va po‘lat varaqasidan yasalgan issiqlik
yutuvchi panelga ega. Ulanish usuli – ularni qisish orqali amalga oshiriladi.
Qoplamasi selektiv. SHisha do‘lga bardoshli, tarkibida
temir moddasi miqdori past,
qalinligi 3.2mm. korpusi ruxlangan po‘latdan yasaladi. Issiqlik himoya materiali
sifatida penopoliuretandan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: