texnologiyalar va metodlar negizida qayta tayyorlash va "bolalarni tarbiyalash
bo‗yicha munosib sharoitlar"ni yaratish rejalashtirilgan. YUqoridagi farmon
ijrosini ta‘minlash maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
qarori bilan Maktabgacha ta‘lim vazirligi to‗g‗risidagi
nizom hamda
Maktabgacha ta‘lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish instituti ustavi tasdiqlandi.
O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi to‗g‗risidagi
nizomga ko‗ra, vazirlik O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
bo‗ysunadi.
Vazirlikning o‗z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va
xo‗jalik boshqaruvi organlari, mahalliy
davlat hokimiyati organlari, boshqa
tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek,
fuqarolar tomonidan
bajarilishi majburiydir.
Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
birinchidan,
maktabgacha ta‘lim sohasida muvofiqlashtirilgan yagona davlat
siyosatini ishlab chiqish va uni amalga tatbiq etish;
ikkinchidan,
xalqaro tajribani chuqur o‗rganib, maktabgacha ta‘lim yoshida
bo‗lgan bolalarning jismoniy va estetik ulg‗ayishi, har tomonlama intellektual
axloqiy rivojlanishi uchun keng sharoitlarni yaratish;
uchinchidan,
respublika bo‗ylab bosqichma-bosqich
tashkil etiladigan, o‗zaro
raqobatda bo‗lgan davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalariga turli
imtiyozlarni taqdim etish, soliqlardan qisman ozod etish,
tashkil etilgan
muassasalar hisobiga bolalarni MTMlarga jalb etib borishni tashkillashtirish;
to„rtinchidan,
amaliyotda zamonaviy o‗quv-pedagogik texnologiyalardan
foydalanish; muassasalarda tarbiya va o‗quv jarayonlarini innovatsion metodlar
asosida olib borish;
beshinchidan,
maktabgacha ta‘lim muassasalarini o‗quv-metodik, didaktik
materiallar, o‗quv ahamiyatiga ega o‗yinchoq va shu turdagi buyumlar bilan
ta‘minlash, shuningdek, badiiy adabiyotliklarni etkazib berish;
oltinchidan,
maktabgacha ta‘lim tizimida faoliyat
olib borayotgan pedagog
kadrlar hamda rahbarlarning malakasini oshirish, ularni kasbga qayta tayyorlash;
ettinchidan,
tizimda
faoliyat
olib
borayotgan
xodimlarni
moddiy
rag‗batlantirish dasturini ishlab chiqish hamda vazirlikka yangi, malakali
xodimlarni ishga jalb etish;
Dostları ilə paylaş: