“O„zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli”


 та 6-rasm. Oliy ta‟lim muassasalari professor-o„qituvchilari tarkibi va



Yüklə 3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/52
tarix15.10.2023
ölçüsü3 Mb.
#155808
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52
ozbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli

132 та
6-rasm. Oliy ta‟lim muassasalari professor-o„qituvchilari tarkibi va 
ilmiy salohiyati.
26
 
 
O‗zbekiston Respublikasi oliy o‗quv yurti yuridik shaxs maqomiga ega
bo‗lgan va oliy kasb ta‘limining ta‘limiy-kasbiy dasturini amalga oshiradigan 
ta‘lim muassasasidir. Oliy o‗quv yurti (OO‗YU) O‗zbekiston Respublikasi 
tomonidan belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tuziladi va tugatiladi. 
OO‗YU O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonun, 
boshqa qonunlar, qonunlar dalolatnomasi, mazkur Nizom hamda oliy o‗quv 
yurtining Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan Ustavga muvofiq faoliyat 
ko‗rsatadi. 
OO‗YU -ta‘lim, fan va madaniyat markazi sifatida o‗z maqsadini inson, 
Vatan va jahon sivilizatsiyasi baxt-saodati yo‗lida haqiqatni anglash, adolat va 
ezgulikni o‗rnatish deb bilgan professorlar, o‗qituvchilar, hodimlar va 
talabalarni o‗zida mujassamlashtirilgan ijodiy hamkorlikdir. 
25
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг 
Ў
збекистон Республикаси 
Президентининг ―Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ 2017 йил 
20 апрелдаги ПҚ-2909-сон қарори 
26
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг 
Ў
збекистон Республикаси 
Президентининг ―Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ 2017 йил 
20 апрелдаги ПҚ-2909-сон қарорининг ижроси тўғрисида 2017 йил 24 апрел №244-сон буйруғи


OO‗YUning bosh vazifalari quyidagilardan iborat: 
-shaxsning ruhiy, aqliy madaniy va axloqiy rivojlanishga faoliyatning 
tanlagan sohasi bo‗yicha oliy kasbiy ta‘lim va malakaga bo‗lgan ehtiyojni 
qondirish; 
-jamiyatni 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
mustaqillik 
g‗oyasi, 
vatanparvarlik, insonning ahloqiy prinsiplprini xurmat qilish ro‗xida
tarbiyalangan oliy kasbiy ta‘limga ega bo‗lgan malakali mutaxassislarga , yuqori 
malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‗lgan ehtiyojlarni qondirish; 
-iqtidorli va o‗qishda faollik kursatayotgan talabalarga kundalik 
g‗amxo‗rlik va kerakli sharoit yaratib berish; 
-fundamental va izlanuvchi, amaliy-ilmiy tadqiqotlarni va boshqa ilmiy-
nazariy, tajriba-konstruktorlik ishlarini, jumladan, ta‘lim muammolari bo‗yicha 
bajariladigan ishlarni tashkil qilish va olib borish; 
-o‗qituvchi va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish; 
-umuminsoniy qadriyatlarni to‗plash, saqlash va orttirish; 
-aholi o‗rtasida bilimni targ‗ib etish, uning ta‘limiy va madaniy darajasini 
ko‗tarish. 
OO‗YU filiallari, fakultetlar, ixtisoslashgan kollejlar, kafedralar, tayyorlov 
bo‗limlari, ilmiy tekshirish laborotoriyalari, aspirantura, doktarantura, 
qo‗shimcha kasbiy ta‘limning o‗quv bo‗limlari, tajriba xo‗jaligi va shu kabi 
boshqa bo‗limlarga ega bo‗lishi mumkin. 
OO‗YU tarkibiga oliy o‗quv yurti tizimi birligi yoki yuridik shaxs 
maqomiga ega bo‗lgan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Nizomlar asosida 
faoliyat ko‗rsatadigan ilmiy tekshirish institutlari, litseylar, gimnaziyalar, 
mulkchilikni turli shakllaridagi korxona va tashkilotlar kirishi mumkin. 
OO‗YUning tuzilish bo‗linmalarini tashkil etish, oliy o‗quv yurti 
tomonidan o‗z tobeligiga qarab tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda 
amalga oshiriladi. 
Davlat va OO‗YUning filiallari, oliy o‗quv yurti tuzilishidagi va undan 
tashqaridagi ilmiy tekshirish institutlari va ixtisoslashgan kollejlar, oliy o‗quv 


yurti qoshidagi malaka oshirsh va qayta tayyorlash institutlari tegishli vazirlik 
va idoralarning Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi bilan kelishilgan 
tavsiyalarga muvofiq hukumat tomonidan tashkil etiladi. 
Davlat OO‗YU tarkibida yoki qoshida davlat korxonalari, muassasalari va 
tashkilotlarini tashkil etish, jumladan yuridik shaxs maqomiga egalarini ham 
tegishli vazirlik bilan kelishilgan holda, belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
OO‗YU va uning tuzilish bo‗linmalari, hamda uning qoshidagi yuridik 
shaxs maqomiga ega bo‗lgan korxona, muassasa va tashkilotlar yagona ta‘lim 
kompleksidir. 
O‗zbekiston Respublikasi barcha OO‗YUlarining birinchi kurslariga 
talabalarini qabul qilish, test sinovlari asosida amalga oshiriladi. Test 
sinovlarini o‗tkazishda bosh maqsad abiturentlarning bilim darajasni xolisona 
baholash va ular orasida bilimi bo‗yicha eng yaxshilarini oliy o‗quv yurtlarida 
o‗qish uchun tanlab olishdir. Respublikada oliy o‗quv yurtlari va o‗qiydigan 
talabalar soni 1 - jadvalda keltirilgan. 
SHuni ta‘kidlash kerakki, oliy kasbiy ta‘limning har bir bosqichi, davlat 
ta‘lim andozalari bilan belgilanadigan talabalarni ro‗yobga chiqarishni 
ta‘minlovchi ta‘limiy xizmatlar majmuasidir. SHuning uchun o‗quv yurtlari 
tarmog‗i kengaymoqda, universitet ta‘limi rivojlanmoqda. Oliy ta‘limda kadrlar 
tayyorlashni markazlashtirishdan hududiy yo‗nalishga o‗tkazish ishi olib 
borilmoqda. 
Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va 
ilmiy-pedagog kadrlarga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta‘lim 
– kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‗quv yurtlari va 
ilmiy-tadqiqot muassasalarida bazaviy doktorantura va doktoranturada ta‘lim 
olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida 
amalga oshiriladi. Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim bazaviy doktarantura 
(falsafa 
fanlar 
doktori 
Phd) 
yoki 
doktorlik 
(Doctor 
of 
Science) 
dissertatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Attestatsiya Komissiyasi tomonidan olib borilgan yakuniy davlat attestatsiyasi 


natijalari tegishli ravishda bazaviy doktarantura (falsafa fanlar doktori Phd) yoki 
doktorlik (Doctor of Science) ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan 
tasdiqlangan namunadagi diplomga ega bo‗lish huquqini beradi.
Har ikki (bazaviy doktarantura (falsafa fanlar doktori Phd) yoki doktorlik 
(Doctor of Science) darajada ham maqsad muayyan mutaxassisliklar bo‗yicha 
oliy toifali ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirishdan iborat.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin