“O„zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli”


O„zbekistonda Oliy ta‟lim tizimini yanada isloh qilish va



Yüklə 3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/52
tarix15.10.2023
ölçüsü3 Mb.
#155808
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
ozbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli

 
3.2 O„zbekistonda Oliy ta‟lim tizimini yanada isloh qilish va 
takomillashitirsh orqali yoshlar bandligini ta‟minlash yo„nalishlari
27
Oliy o‗quv yurtlarini isloh qilish O‗zbekistonda yangi rivojlangan jamiyat 
qurish bilan chambarchas bog‗liqdir. Uni amalga oshirishda biz albatta, namuna 
sifatida ta‘limning xalqaro me‘zonalarini olishimiz mumkin. Lekin o‗z milliy 
xususiyatlarimizning barcha qirralarini ham hech bir unutmasligimiz shart. 
Islohot oliy o‗quv yurtlari faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi
shuning uchun ham u tub o‗zgarishlar hisoblanadi. Barcha jabhalarda qayta 
qurish va takomillashtirishni amalga oshirish darkor. 
Xususan ta‘lim tizimini va uning bosqichli tizimi: universitet ta‘limini 
rivojlantirish, takomillashtirish oliy maktab faoliyatining asosiy sohalari - ta‘lim 
va ilmiy tadqiqotning mazmuni, shakli va uslubiyatini o‗zgartirish, oliy o‗quv 
yurti maqomini sezilarli darajada ko‗tarish, lozim bo‗ladi. Sotsialistik tizimdagi 
mansub «Oliy ta‘limdagi ixtisosliklar va ixtisoslashuvlar ro‗yxati» da 600 ga 
yaqin nomini uchratish mumkin va ularning har biri bo‗yicha mutaxassis 
tayyorlangan. Ularning diplomiga bitta muayyan ixtisoslik yoki ixtisoslashuv 
nomi yozilgan. O‗sha davrlarda O‗zbekiston oliy o‗quv yurtlarida 300 ixtisoslik 
va ixtisoslashuv bo‗yicha mutaxassislar tayyorlangan. Tayyorgarlikni tugatgach
mutaxassislar o‗z ixtisosliklariga mos muayyan ish o‗rniga borishlari lozim edi. 
SHunday deb o‗ylangan. Biroq amalda esa butunlay boshqacha hol edi. 
27
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 20 апрелдаги ―Олий таълим тизимини янада 
ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ги 2909-сон қарори, Ўзбекистон Республикаси Олий ва 
ўрта махсус таълим вазирининг 
Ў
збекистон Республикаси Президентининг ―Олий таълим тизимини 
янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ 2017 йил 20 апрелдаги ПҚ-2909-сон қарорининг 
ижроси тўғрисида 2017 йил 24 апрел №244-сон буйруғи


SHunday qilib xo‗jalik yuritishning va ta‘limning mavjud tizimi, ko‗p xollarda 
mutaxassisni oliy darajada tayyorlamas edi.
Ko‗p bosqichli tizim jahon tajribasida allaqachon o‗zlashtirlgan va amalda 
muvaffaqiyat bilan qo‗llanmoqda. O‗zbekistonning mustaqil sharoitida u 
quyidagicha ko‗rinishga ega, ya‘ni 600 ga yaqin ixtisoslik va ixtisoslashuv 
mavjud bo‗lib, oliy o‗quv yurtlarimizda shular bo‗yicha mutaxassislar 
tayyorlash mo‗ljallangan, lekin ular 103 yo‗nalishga ajratilgan. Bilimning har 
bir yo‗nalishida shunday sohalar mavjud, ular ettita: tabiiy fanlar va matematika, 
gumanitar fanlar, sog‗liqni saqlash, ta‘lim, texnika-fanlari, qishloq xo‗jalik 
fanlari, xarbiy ixtissosliklardir. 
YAngi turdagi mutaxassislar mojarosida asosiy siymo bo‗lib tayanch oliy
ma‘lumotga ega bakalavrlar hisoblanadi. To‗rt yil ichida ular gumanitar, tabiiy 
fanlar va umum ta‘lim bo‗limlari bo‗yicha bir qator ixtisosliklarni ham o‗z 
ichiga olgan muayyan yo‗nalishlarda to‗liq ma‘lumot olishlari lozim. Masalan: 
«qurilish» yo‗nalishi o‗z ichiga 17 ixtisoslikni oladi. «Telekommunikatsiya» 
ixtisoslikni «Pedagogika»-12 ixtisoslikni, ―Ijtimoiy ish‖ yo‗nalishi - 1ta 
ixtisoslikni o‗z ichiga oladi va hokazo. 
Mutaxassislik xodimlar tayyorlashning bosqichli tizimiga o‗tish to‗liq oliy 
ma‘lumotli bitiruvchilar umumiy sonini, birinchi galda, respublika tanqislik 
sezmayotgan 
ixtisosliklar 
bo‗yicha 
qisqartirishni 
taqazo 
etmoqda. 
Rivojlanayotgan va ustuvor xalq xo‗jaligi tarmoqlari uchun mutaxassislar 
tayyorlash hajmini saqlab qolish, qator hollarda esa hatto ko‗paytirish lozim. Bu 
birinchi galda iqtisodchilar, yuristlar, EXM bo‗yicha mutaxassisliklar
informatika va ba‘zi boshqalarga tegishli.
O‗zbekistonda ta‘lim tizimini yanada isloh kilish va takomillashtirish 
maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi 
―Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2909-
son qarori, O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirining 
O„
zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Oliy ta‘lim tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son 


qarorining ijrosi to‗g‗risida 2017 yil 24 aprel №244-son buyrug‗i asosida 2017-
2021 yillarda oliy ta‘lim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturini joriy etish
bo‗yicha chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi ( 7-rasm)
28
va amaliyotga 
tatbiq etildi. 

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin