31
31
30
ko‘proq ishlab chiqariladi va aksincha. Iqtisodchilar biror sohani rivojlantirishga
mablag‘ sarflashni
investitsiya qilish yoki
sarmoyalash deb atashadi.
Buni yodda tuting!
•
Foyda tadbirkorlarni biznesdagi yo‘qotishlarga va tavakkalchilik orqali
zarar ko‘rishlari xavfiga qaramasdan faoliyat yuritishga majbur etadigan eng
asosiy rag‘bat sanaladi.
•
Firma egasi uchun ko‘proq daromad qilish emas, balki ko‘proq foyda olish
muhimroq.
•
Foydaning bir qismini investitsiya uchun ishlatish tadbirkor kelajagi uchun
juda muhimdir.
Har bir firmaning maqsadi shunchaki foyda olish emas, balki imkoni boricha
ko‘proq foyda olish, ya’ni foydani maksimallashtirishdan iborat. Foydani esa ikki
xil usulda ko‘paytirish mumkin. Birinchisi, yalpi daromadni ko‘paytirish evaziga,
ikkinchisi esa umumiy xarajatni kamaytirish hisobiga.
Firmaning foydasi quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
— foydaning tegishli qismi davlatga soliq tariqasida majburiy ravishda to‘lanadi;
— firma faoliyatini rivojlantirish uchun ishlab chiqarishni kengaytirishga, turli
xil asbob-uskunalar sotib olishga, yangi bino va inshootlar qurishga sarflanadi;
— foydaning qolgan qismi esa korxona egalarining foydasi sifatida o‘zlashtiriladi,
aksiyadorlarga dividend sifatida taqsimlab beriladi.
1. Foyda bilan daromadning qanday farqi bor?
2. Foydaning tadbirkorlik uchun muhimligini ko‘rsatuvchi ikkita omilini ayting.
3. Daromadlarning ortishi har doim ham foydaning ortishini anglatadimi? Nega?
4. Firmaning iqtisodiy ahvolini nimadan bilish mumkin?
5. Tovar narxini tushirib ham foydani ko‘paytirish mumkinmi? Qanday qilib?
6. Firmaning foydasi qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Dostları ilə paylaş: