19
bog‘langan. Buning natijasida ekonometrik tenglamalar tizimi quyidagi
ko‘rinishda yozilishi mumkin:
Y = f (OPF, PPP)
RRR = f(L)
OPF = f (KK).
Bu erda Y - asosiy ko‘rsatkich,
RRR - ishchilar soni,
OPF - asosiy fondlar hajmi,
L - aholi soni,
KK - kapital qo‘yilmalar.
v) tizimga dinamik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi. Bu
tizimga kiradigan tenglamalar faqatgina har biri vaqt davrida bog‘lanish
borligini aniqlamasdan, ilgari bo‘lgan omillararo bog‘lanish borligini ham
tahlil qilish mumkin.
Masalan, bir jarayonni tahlil etish va uning asosiy ko‘rsatkichlarini
prognoz davriga hisoblash uchun berilgan ma’lumotlar asosida, ya’ni
yalpi mahsulot (VAL), ishchilar soni (RRR), asosiy fondlar (OPF), ish
xaqi fondi (ZAR), kapital qo‘yilmalar (KV), har
yili ishga kiritiladigan
asosiy fondlar (OWF) kabi ko‘rsatgichlarni tenglamalar tizimi orqali
yozib chiqamiz:
VAL = f(OPF, PPP)
(1)
PPP = f(VAL, ZAR)
(2)
ZAR = f(VAL, KV)
(3)
OWF = f(KV, OPF)
(4)
OPF = f(OPF(-1), KV)
(5)
KV = f(FN)
(6)
FN = f(ND)
(7)
YUqorida keltirilgan tenglamalar tizimi bir biri bilan bog‘lanib,
ketma-ket
hisoblanadi, ya’ni (7) tenglama echilib,
uning natijalari omil
sifatida (6) tenglamada kapital quyilmalarni hisoblash uchun ishlatiladi.
O‘z vaqtida (6) tenglamaning natijalari (5) tenglamani yechish uchun
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: