1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MAXMUDOV N.M., HAKIMOV H.A.
MAKROIQTISODIY TAHLIL
О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan 5230100-Iqtisodiyot(tarmoqlar va
sohalar bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun
o’quv qo’llanma sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT– 2019
2
Makroiqtisodiy tahlil. Maxmudov N.M., Hakimov H.A. O‘quv
qo‘llanma. - Т.: TDIU, 2019. – 146 bet.
O‘quv qo‘llanmada makroiqtisodiy tahlilda foydalaniladigan asosiy
iqtisodiy tushunchalar va kategoriyalarni mohiyati, ular orasidan o‘zaro
bog‘liqliklar, mavjud ijtimoiy – iqtisodiy holatlarni tahlil qilish usullari
va ularni hisoblash uslubiyati yoritilgan.
O‘quv qo‘llanma iqtisodiy fanlar yutuqlariga va jahon amaliyotiga
asoslangan bo‘lib makrodarajadagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning
tahlil qilish uslubiyati va undan kelib chiqqan usullari, ularni mazmuni va
mohiyati, shakllash jarayonlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda,
prognozlash, uning nazariy va amaliy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan.
O‘quv qo‘llanma iqtisodiyot yo‘nalishlarining bakalavrlariga,
magistrantlariga, professor-o‘qituvchilariga va iqtisodiy integratsiya
sharoitida makroiqtisodiy tahlil bilan qiziqadiganlarga mo‘ljallangan.
3
KIRISH
Inflatsiya sur’atlarining jilovlanishi, davlat budjeti taqchilligini tan
olingan me’yorlarlardan ham past darajada bo‘lishini ta’minlanishi
respublikamizda
olib
borilayotgan
makroiqtisodiy
siyosat
samaradorligidan dalolat beribgina qolmasdan, iqtisodiyotimizga
kiritiladigan investitsiyalar ko‘lamining oshishi, tovarlar va xizmatlar
ishlab chiqarishni kengaytirish hamda aholi real daromadlarini
o‘stirishning muhim sharti hamdir.
Makroiqtisodiy barqarorlik va yalpi ishlab chiqarishning yuqori
o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali aholining turmush farovonligi
darajasini o‘stirish davlat iqtisodiy siyosatida bosh maqsad bo‘lib
hisoblanadi.
Zamonaviy
taraqqiyot
jarayonlari
iqtisodchi
kadrlardan
makroiqtisodiy nazariya va eng zamonaviy makroiqtisodiy konsepsiyalar
bilan yaxshi tanish bo‘lishni, makroiqtisodiy tahlil malakasiga, nazariy
bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab
etadi. Shu sababli ham makroiqtisodiy jarayonlarning kechishi
qonuniyatlarini, makroiqtisodiy muammolarni, makroiqtisodiy siyosat
yuritgan holda ularni yechish yo‘llarini turli modellar vositasida mantiqiy
izchillikka amal qilgan holda tahlil qilish, o‘rganish dolzarb vazifadir.
“Makroiqtisodiy tahlil” fani doirasidagi Sizni bilimlarga,
tajribalarga va ko‘nikmalarga ega bo‘lishingizni ta'minlaydigan
vositalardan biri mazkur o‘quv qo‘llanma hisoblanadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma - amaliy qo‘llanma bo‘lib, talabani oraliq va
yakuniy nazaratlarga tayyorgarchilik ko‘rishlarida ma'ruza, amaliy,
seminar va tajriba mashg‘ulotlarida va auditoriyadan tashqari vaqtida
o‘quv fanini o‘zlashtirishda talabaga mustaqil ishlashga ko‘maklashuvchi
alohida didaktik xususiyatga ega apparat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |