1.4. Makroiqtisodiy tahlilda axborot texnologiyalardan foydalanish yo‘nalishlari Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan sharoitda makroiqtisodiy
tahlil va prognozlashda kompyuter texnologiyalardan keng foydalaniladi.
Hozirgi kunda texnika rivojlanishi natijasida, ko‘plab murakkab va
ko‘plab insonlar mehnatini qiluvchi jarayonlarni birgina dastur orqali
amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lmoqda. Odatda, iqisodiy tahlil va
prognozlashda matematik amaliy paketlardan foydalanib, bular
quyidagilar: MS Excel, Stata, EViews, Statistics va boshqalar.
Amaliyotda MS Excel, Stata va Eviews dasturiy paketlardan keng
foydalaniladi. MS Excel oqali malumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlash
va statistik baholashda foydalaniladi. Ma’lumotlarni statistik baholash,
tahlil qilish va ko‘rsatgichlarni o‘zaro bog‘liqligini baholashda Stata
dasturiy paketidan foydalaniladi. Bir qancha kuzatuv vaqt ma’lumotlari
asosida iqtisodiy jarayonlarni ekonometrik baholash va prognoz qilishda
Eviews dasturiy paketdan foydalanish qulay bo‘lib hisoblanadi. Ushbu
jarayonni amalga oshirish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish lozim:
-
MS Excelda mavjud ma’lumotlarni yangi MS Excelga ko‘chirib
ushbu faylni “сохранить как” buyrug‘i yordamida MS Excel 5. 0/95
shaklida saqlashimiz kerak;
-
Kompyuterda o‘rnatilgan Eviews dasturini ishga tushirib quyidagi
jarayonni amalga oshirish kerak: “File” → “New” → “Workfile”, so‘ngra
sizda ma’lumotlar yillik, yarim yillik, choraklik, oylik, haftalik haqidagi
buyriqni tanlashiz kerak bo‘ladi, keyin ma’lumotlarning boshlanish
muddati va tugash muddati haqidagi ma’lumotni kiritasiz “enter”
tugmasini bosgandan so‘ng, yangi ish sahifasi ochiladi;
-
Mavjud ma’lumotlarni Eviews dasturiga ko‘chirish uchun quyidagi
jarayonni amalga oshirish kerak: “File” → “Import” → “Read Text-
Lotus-Excel” va Excel 5. 0/95 shaklida saqlangan faylni tanlab
“открыть” burug‘i beriladi. So‘ngra har bir ko‘rsatgich nomi yozilib “ok”
buyrug‘i beriladi (eslatib o‘tamiz, Excelda saqlangan ma’lumotlarda
vergul o‘rniga nuqta ishlatiladi, ko‘rsatgichlarning nomi lotin alifbosida
yoziladi).
-
Ko‘rsatgichlarni o‘zgarish tendensiyalari asosida holat qaysi
funksiya qonuniyatiga tegishligi aniqlanib, funksiyaning parametrlari
9
quyidagi buyruqlar orqali topiladi: “Quick” → “Equition Estimation”.
Olingan natijalar asosida jarayon prognozlashtiriladi.