2.1. Makroiqtisodiy tahlilning uslub va tamoyillari Uslub (approach) – bu bir necha usul va tamoyillar yig‘indisi
hisoblanib, ular orqali tadqiqot maqsadiga erishish yo‘llari belgilanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining turli bosqichlarida tadqiqotning
turli xil uslublaridan foydalanilgan (formal-logik, dialektik va boshq. ) va
hozirda ham ulardan zamonaviy tadqiqotlarda keng foydalanilmoqda.
Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda iqtisodiyot nazariyasi (jumladan
mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot) uchun standart hisoblangan
dialektika va mantiqning uslub va tamoyillari qo‘llaniladiki, bunday
umumiy uslub va tamoyillarga: abstraktlashtirish (mavhumlashtirish),
ya’ni iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tadqiq etish va tushuntirishda
modellarni qo‘llash; deduksiya va induksiya usullari yoki ularni
birgalikda qo‘llash, normativ va pozitiv tahlilni qo‘shib olib borish,
umumlashtirish, «boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lganda» tamoyillaridan
foydalanish, iqtisodiy agentlarning ratsional harakatlari tahmini va
boshqalarni kiritishimiz mumkin. Modellashtirish yoki abstraktlashtirish
makroiqtisodiy tahlilning asosiy uslubi hisoblanadi va shuning uchun
barcha makroiqtisodiy jarayonlar modellar orqali
o‘
rganiladi.
Makroiqtisodiy tahlilning asosiy xususiyati shundan iboratki, uning
eng muhim tamoyili umumlashtirish hisoblanadi. Iqtisodiyotning o‘zaro
bog‘liqligi va uning qonuniyatlarini, iqtisodiyotni bir butun darajada
o‘rganish faqatgina
umumlashtirish yoki agregatlash (aggregation)
tamoyili orqali amalga oshiriladi. Makroiqtisodiy tahlil agregatlashni
talab etadi.
11
2.1. -rasm. Makroiqtisodiy tahlilning uslub va tamoyillari