Qisqасhа хulоsаlаr Makroiqtisodiy tahlilning asosiy sohasi – mamlakatda ishlab
chiqarishning umumiy hajmi, inflatsiya sur’atlari, ishsizlik darajasi,
to‘lov balansi saldosi, ayirboshlash kursi kabi makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar.
Makroiqtisodiy
tahlilning
maqsadi
– umumiy
ko‘rsatkichlar ma’lumotlarining o‘zgarishini izohlash va davlat
organlariga hamda jamoat tashkilotlariga iqtisodiy vazifalarni hal etishda
va iqtisodiy vaziyatdagi kutilmagan o‘zgarishlarga munosabat bildirishda
yo‘l ko‘rsatishdan iborat. Quyida eng muhim makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarni va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning asosiy turlarini,
shuningdek, bozor va o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda
inflatsiya, bandlik, ishsizlik, real ish haqi darajasini o‘lchash va tahlil
qilish usullarini ko‘rib chiqamiz. Ushbular esa ayni paytda axborot
ob’ektlari hisoblanadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi
boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy
rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi
2019 yil 17 yanvardagi PF- 5635 sonli Farmonining asosiy mazmuni
nimalardan iborat?
2. Makroiqtisodiy tahlilning predmeti nimadan iborat?
3. Makroiqtisodiy tahlilning pozitiv va normativ turlariga izoh bering.
4.
Makroiqtisodiy
tahlilda
qanday
axborot
texnologiyalaridan
foydalaniladi va ularning oʻzaro farqlari nimalardan iborat?
10
2-BOB. MAKROIQTISODIY TAHLILNING USLUBI VA USLUBIYATI