Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

Depozit siyosati.
Markaziy bankning depozit siyosati deganda 
Markaziy bank tomonidan Hukumatga, tijorat banklariga tegishli pul 
mablag’larini depozit hisobraqamlariga jalb etish va boshqarish 
tushuniladi.
 
7.2.3. Pul-kredit siyosatining noan’anaviy instrumentlari.
Tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar 
belgilash. 
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining kreditlash 
hajmiga nisbatan limitlar belgilash muomaladagi pul massasini tartibga 
solish, xususan, pul massasining oldindan belgilangan maqsadli o‘sish 
ko‘rsatkichiga erishishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalariga nisbatan 
limitlar belgilash. 
Ko‘pchilik o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida 
Markaziy bank tomonidan tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini 
yuqori chegarasini belgilash, ya’ni foiz stavkalarini limitlash qo‘llaniladi. 
O‘zbekiston Respublikasida ham 1999 yilga qadar tijorat banklari 
kreditlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilab qo‘yish 
amaliyoti mavjud edi.
Tijorat banklari depozitlarining foiz stavkalariga nisbatan 
limitlar belgilash. 
Tijorat banklari depozitlarining foiz stavkalariga 
nisbatan limitlar belgilash, ya’ni depozitlarga to‘lanadigan foizlarning 
yuqori chegarasini belgilash depozitlarning qimmatlashib ketishining 
oldini oladi.
Selektiv kreditlash. 
Selektiv kreditlashni tanlanma kreditlash deb 
ham atash mumkin.
Selektiv kreditlash Markaziy bank tomonidan iqtisodiyotning 
ma’lum bir sohasi yoki tarmog’ini bilvosita moliyaviy qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida amalga oshiriladi.


64 
Tratta – bu uzatma tijorat vekselidir. Tijorat veksellarining ikki turi 
mavjud: oddiy va uzatma tijorat veksellari.
Tijorat veksellarini boshqa shaxslarga uzatish mumkin. Shu jihatdan 
olganda, ular pulning to‘lov vositasi funktsiyasini bajaradi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin