7.3. Pulga bo‘lgan talab, pul taklifi va pul agregatlari 7.3.1. Pulga bo‘lgan talab va uni baholash M. Fridmen miqdoriylik nazariyasini pullarga bo‘lgan talab
nazariyasi ekanligini o‘zining ilmiy izlanishlarida e’tirof etgan
23
. Shu
jihatdan olganda, pullarga bo‘lgan talab konsepsiyasi monetarizmning
asosiy qoidalaridan biri hisoblanadi.
M. Fridmenning pullarga talab nazariyasida pullarga bo‘lgan nominal
talab nominal daromad va nominal foiz me’yorining funktsiyalari sifatida
ifodalanadi:
+ - Md= f (Yn, i),
bunda:
Md — pullarga bo‘lgan nominal talab;
Yn — nominal daromad;
i — nominal foiz me’yori.
Yuzaki qaraganda ushbu tenglama J. Keynsning pullarga bo‘lgan
talab nazariyasini eslatadi. Buning sababi shundaki, J. M. Keynsning
pullarga talab konsepsiyasida talab foiz me’yorining dinamikasi asosida
aniqlanadi. J. Keyns va uning izdoshlari foiz stavkasini pullarga bo‘lgan
talab va taklifni tenglashtiruvchi miqdor, deb hisoblaydilar.
J. M. Keynsning nazariyalarida pullarga ishlab chiqarishning
endogen omili sifatida qaraladi
24
va pullarni likvidli aktiv sifatida
saqlashning sub’ektiv asoslari tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida asosiy
e’tibor ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda pul
mablag’laridan foydalanishga qaratildi.
J. Keynsning pullarga talab nazariyasida foiz stavkasi muhim o‘rin
egallab, foiz stavkalariga ta’sir etish yo‘li bilan ishsizlik darajasi va
iqtisodiy o‘sishga bevosita ta’sir qilish mumkin, deb hisoblaydi.
23
Фридмен М. Основы монетаризма. Пер. с англ. – М.: ТЕИС, 2002. – С.70 – 72.
24
Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. Пер. с англ. – М.: Гелиос АРВ, 1999.
– С. 184.