Ma’ruza №1 mavzu: ta’lim jarayonini loyihalashtirish reja


TA’LIMGA TEXNOLOGIK YONDASHUVNING MOHIYATI



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix16.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#156181
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-maruza (4)

1.TA’LIMGA TEXNOLOGIK YONDASHUVNING MOHIYATI
VA UNING UZLUKSIZ RIVOJLANISHI 
1.1.Ta’limga texnologik yondashuvning mohiyati 
Ta’limni texnologiyalashtirish g‘oyasi yangilik emas. Bundan 400 yil avval 
chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ta’limni texnologiyalashtirish g‘oyasini 
ilgari surgan. U ta’limni “texnikaviy” qilishga undagan, ya’ni hamma narsa nimaga 
o‘qitilsa, muvaffaqiyatga ega bo‘lsin. Natijaga olib keluvchi o‘quv jarayonini, u 
“didaktik mashina” deb atagan. 
Bunday didaktik mashina uchun aniq qo‘yilgan maqsadlar; bu maqsadlarga 
erishish uchun, aniq moslashtirilgan vositalar; bu vositalar bilan qanday 
foydalanish uchun, aniq qoidalarni topish muhimligini yozgan. 
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida o‘quv jarayoniga texnologik xususiyatni 
berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar qilib ko‘rilgan. Ular o‘z ifodasini 
an’anaviy o‘qitish uchun majmuali texnik vositalarni yaratishda topgan.
Hozirgi vaqtda “pedagogik texnologiya o‘qitishning texnik vositalari yoki 
kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmaydi, balki bu ta’lim 
samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va 
materiallarni qo‘llash, shuningdek qo‘llanilayotgan usullarni baholash yo‘li orqali 
ta’lim jarayonining asoslari va uni maqbullashtirish yo‘llarini ishlab chiqishni 
aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir”
.


Barcha ta’lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo‘liga o‘tkazish, 
maktab amaliyoti pedagogik jarayonini ixtiyoriy qurish va uni amalga oshirishdan 
keskin burilishi quyidagilarni anglatadi: 

uning har bir qism va bosqichlarining izchil asoslanganligi (ta’lim 
jarayonini tartiblashtirish - batafsil aniqlangan va asoslangan, ishlarni ma’lum 
tartibidan tashkil topgan qismlar - muloqot, axborot va boshqaruvning yo‘l va 
vositalarini bo‘lish orqali mumkin qadar rasmiyatchilik nuqtai nazaridan 
rasmiylashtirilgan); 

yakuniy natijani haqqoniy tashxis qila olishga yo‘naltirilganligi;
 

ta’lim jarayoniga mavjud sharoit va belgilangan vaqt ichida qo‘yilgan 
ta’limiy maqsad hamda ijobiy natijaga erishishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish 
texnologik jarayonining mukammal, aniq yo‘lga qo‘yilgan, izchil, muvofiqlashgan 
xususiyatini berish;

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin