Fanni o‘qitish uslubiyotidan farqli texnologiya:
“qanday o‘qitish kerak?”
degan savolga javob bermay, balki ahamiyatli
qo‘shimcha bo‘lgan “
natijaviy qanday o‘qitish
va o‘quv jarayonini qanday qilib
eng maqbul tashkil etish kerak?
degan savolga javob beradi;
aniq sharoitlardan kelib chiqqan va ma’lum natijaga yo‘nalgan, aniq
pedagogik g‘oyaga
loyihalanadi;
o‘z natijalarini q
ayta ishlab chiqarishi
bilan farqlanadi;
ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchiga yo‘naltirilgan
darsning uslubiy
ishlanmalaridan farqli o‘laroq, ta’lim olishda ularning o‘z faoliyatlari hisobiga
yutuq ta’minlanishiga yo‘naltiriladi.
Uslubiyotchidan farqli o‘laroq pedagog-texnolog:
tajriba o‘tkazmaydi
: u aniq belgilangan natija bilan ish olib boradi;
ajratilgan vaqt va mavjud sharoitlarda belgilangan
maqsadlarni amalga
oshirishda gumon hosil qilmaydigan
asoslangan o‘qitish modeliga
tayanadi;
u harakat qiladi,
ta’limiy maqsadlar qo‘yilganda, aniq pedagogik vazifalar
belgilanganda va ko‘zlanayotgan natijalar shakllantirilganda, ta’lim berish
jarayonining borish sharoitlari aniqlangandan so‘ng harakat qilishni
boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: