93
Mikroorganizmlarda ham, xuddi boshqa tirik jonivorlardagi kabi, muayyan
turga xos belgilar nasldan-naslga o‘tadi. Lekin tashqi muhit ta’siri
ostida bir
turdagi morfologik, fiziologik xossalar o‘zgarishi mumkin. Masalan, Lui Paster
kuydirgi qo‘zg‘atuvchisida sun’iy yo‘l bilan qaytmas o‘zgarishlar hosil qildi va shu
kasalliklardan saqlaydigan vaksinalar ishlab chiqdi. N. F. Gamaleya oziqa
muhitiga litiy xlorid qo‘shilganida, vabo vibrionining morfologiyasi o‘zgarishini
kuzatdi. Bu misollar
yashash sharoitiga qarab, mikroorganizmlar o‘z xossalarini
o‘zgartira olishini ko‘rsatadi.
Irsiyat bilan o‘zgaruvchanlik bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ikki jarayon
bo‘lib, tiriklikning asosini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarning irsiy
xususiyatlari va o‘zgaruvchanligi boshqa organizmlarnikiga qaraganda yaxshi
o‘rganilgan.
1925 yilda G. A. Nadson va G. S. Filippov achitqi zamburug‘lariga rentgen
nurlarini ta’sir ettirib, yangi mutantlar olishga muvaffaq bo‘lganlar. Ulardan keyin
1928-1932 yillarda M. N. Meysel achitqilarga xloroform va kuchsiz sian tuzlari
ta’sir ettirib, yangi mutantlar olgan. Mikroorganizmlarda genetika qonuniyatlarini
o‘rganish
muhim ahamiyatga ega, chunki bakteriyalarning tez bo‘linishi va
naslining nihoyatda ko‘p, mayda bo‘lishi va kam joyni egallashi ularni nihoyatda
qulay ob’ekt qilib qo‘yadi. Masalan, ichak tayoqchasi ko‘payar ekan, har 15
minutda bo‘linib turadi, bitta hujayra naslining soni 18-24 soatdan keyin 1 mm
3
da
24 milliardga yetadi.
Mikroorganizmlarda
fenotipik
(nasldan
naslga
o‘tmaydigan)
va genotipik (nasldan naslga o‘tadigan) o‘zgaruvchanlik farq qilinadi. Bular
hujayraning ikki asosiy xususiyati: genotipi bilan fenotipiga bog‘liqdir.
Genotip hujayradagi umumiy genlar majmuasi (yig‘indisi) dir. U
organizmning butun bir guruh xossalarini, tashqi muhitning
har xil sharoitida
turlicha namoyon bo‘ladigan xossalarini belgilab beradi. Biroq, genotip har kanday
sharoitda nisbiy doimiyligini saqlab qoladiki, bu hol mikroorganizmlar turlarini
bir-biridan farq qilib, ajratib olishga imkon beradi.
Fenotip har bir individuumdagi morfologik va fiziologik xossalarning
umumiy kompleksidir. Fenotip go‘yo ma’lum bir
konkret yashash sharoitida
genotip xarakterining tashqi ko‘rinishi ifodasidir.
Genotip hujayraning umumiy yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan xususiyati
bo‘lsa, fenotip ushbu xususiyatlarning ko‘zga ko‘rinadigan ifodasidir.
Dizoksiribonuklein kislotasi
(DNK) polimer bo‘lib, uning monomerlari
nukleotidlardan iborat. Xar bir nukleotid o‘z navbatida purinli asoslardan: adenin,
guanindan (A, G); piromidinli asoslardan timin va sitozin (T, S), qandmoddasi,
dizoksiriboza va fosfat kislota qoldig‘idan iborat.
DNK molekulasi qo‘shaloq spiral bo‘lib,
uning zanjirlari bir-biriga
komplementar joylashgan. Zanjirlardan birida A, uning ro‘parasida ikkinchi
zanjirda T joylashgan bo‘ladi; birida G joylashsa,
ikkinchi zanjirda albatta S
bo‘ladi. Bu degan so‘z DNK molekulasidagi zanjirlardan birida nukleotidlar, A, G,
S, G, G, G, A, G, S tartibda bo‘lsa, unga komplementar zanjirdagi nukleotidlar
albatta T, S, G, A, S, S, T, S, G tartibda bo‘ladi. Bu DNK molekulasidagi
94
nukleotidlarni komplementarligi yoki o‘zaro to‘ldirish pripsipi deb yuritiladi. Har
bir mikroorganizm hujayrasi ko‘payishi mahalida DNK molekulasi ham ko‘payadi.
DNK molekulasining ko‘payishi yarim konservativ, ya’ni yangi hosil bo‘ladigan
DNK molekulasi uchun eski DNK molekulasining har
bir zanjiri alohida qolip
(matritsa) rolini o‘ynaydi. Bu usuldagi DNK sintezi autosintez deb yuritiladi. DNK
sintezini amalga oshiruvchi ferment DNK polimeraza fermenti deyiladi. Bu
ferment DNK molekulasidagi A-T, G-S oralig‘idagi vodorod bog‘larini uzib,
ko‘shaloq spiralni yakka spiral holiga keltiradi. Har bir spiral yangidan hosil
bo‘ladigan DNK molekulasi uchun qolip rolini o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: