b) Gemitsellyuloza (ksilan)
O‘simlik substratlari tarkibida gemitsellyulozani miqdori sellyulozadan keyingi
o‘rinda turadi. Yog‘ochli o‘simliklarning qattiqligi sellyuloza, gemitsellyuloza va
lignin birligi bilan belgilanadi. Igna bargli o‘simliklar 12% gacha, barglilar esa 25%
gacha gemitsellyuloza saqlaydilar. O‘simliklarda gemitsellyuloza zahira va tayanch
vazifasini bajaradi. Gemitsellyuloza pentozalardan, asosan
)
4
1
(
bog‘lari bilan
bog‘langan D-ksilozalardan tashkil topgan. Har xil gemitsellyulozalar ksilozadan
tashqari arabinozalar, qisman esa geksozalar - glyukoza, galaktoza va glyukuron
kislotalar ham saqlaydi. Polimerizatsiya darajasiga qarab gemitsellyulozalarning
molekulyar og‘irligi 30 dan 200 kDa gacha bo‘lishi mumkin.
Gemitsellyulozalar har xil toksonomik guruhga mansub bo‘lgan, xususan,
Aspergillus, Trichoderma, Penicillium, Alternaria, Allescheria va h.k. mikroorganizmlar
ta’sirida oson parchalanadilar. Ksilan parchalovchi bakteriyalarga Bacillus, va
Streptomyces, Clostridium turiga mansub bo‘lgan bakteriyalar kiradilar. Tabiiy
substratlarda sterik murakkab bo‘lganliklari uchun gemitsellyulozaning parchalanishi
biroz qiyinroq kechadi. Shuning bilan birga gemitsellyulozani fermentativ
parchalanishi sellyulozanikiga nisbatan osonroq va to‘laroq bo‘lishini alohida
87
ta’kidlash lozim. Gemitsellyulozaning amaliy ahamiyati katta bo‘lganligi sababli uni
parchalovchi fermentlar ham jadal o‘rganilmoqda.
v) Kraxmal
Kraxmal - yashil o‘simliklarning asosiy, zahira moddasi hisoblanadi. Amaliy
ahamiyati katta bo‘lganligi hamda oson ajratib olinishi uchun kraxmalni o‘rganish
o‘tgan asrdayoq boshlab yuborilgan.
Kraxmal kartoshkada 30% gacha, turli xil boshoqlilarda esa (80% gacha)
ko‘proq to‘planadi. Kraxmal ikki komponentdan - amiloza va amilopektindan
tashkil topgan. Har xil manbalardan olingan kraxmal tarkibidagi amiloza 20-25% ni,
qolganini esa amilopektin tashkil etadi. Amiloza lineyli polimer bo‘lib, bir-birlari bilan
)
4
1
(
glikozid bog‘i bilan bog‘langan
-glyukoza qoldiqlaridan iborat.
Kraxmaldagi
-glyukozani polimerlanish darajasi 200 dan bir necha minggacha
bo‘lishi mumkin. Kraxmal issiq suvda bo‘kmasdan, yengil eriydi. Yod bilan o‘ziga xos
bo‘lgan qo‘ng‘ir rang beradi.
Amilozadan farqli o‘laroq, amilopektin molekulasi yoniga tarqalgan. Tarqalgan
nuqtada glyukoza molekulalari, o‘zaro a-(1-4)- glikozid bog‘lari (amilozaga
o‘xshab) bilan bog‘langan. Har xil amilopektinda a-(1-6)-bog‘larining miqdori 4-5%
dan oshmaydi.
Har xil manbalardan ajratib olingan kraxmallar polimerizatsiya darajasi, yon
bog‘larining soni va fermentativ gidrolizga munosabati bilan farq qiladi. Kraxmalni
ishlab chiqarish ko‘rsatkichlaridan muhimi, uning yopishqoqligidir (kleystrilizatsiya).
Kraxmalning eruvchanligi polimerizatsiya darajasiga bog‘lik. Polimerizatsiya darajasi
oshib borishi bilan eruvchanlik pasayib boradi. 100-150 glyukoza qoldig‘idan
iborat bo‘lgan kraxmal faqat issiq suvda eriydi xolos.
Kraxmalning gidrolizini ikki yo‘li: kislotali va fermentativ yo‘li ma’lum.
Kislotalar yordamida gidroliz qilinganda, kraxmal molekulasidagi kristall qismi
amorfga aylanadi va keyin gidrolizga uchraydi. Fermentativ gidrolizda ham shunday
bo‘lsa kerak - deb taxmin qilinadi.
Kraxmalning parchalanishida amilaza deb atalmish bir guruh fermentlar
ishtirok etadi va o‘zining ta’sir xarakteriga qarab, endo-, hamda ekzofermentlarga
bo‘linadi. α-amilaza- endoferment, kraxmal molekulasi ichidagi bog‘larni tartibsiz
gidrolizlaydi. Glyukoamilaza (amiloglyukozidaza) va
-amilaza ekzo tipga
kiradigan fermentlardir. Ular kraxmalni nativ molekulasidan ketma-ket glyukoza
(glyukoamilaza) va maltozani (
-amilaza) kesib oladilar (qaytarilmaydigan uchidan).
Kraxmal inson oziqasida katta solishtirma og‘irlikka ega (non, kartoshka,
sabzavotlar va h.k.) shuning uchun ham organizmning asosiy energetik resursi
hisoblanadi. Oziqa mahsulotlarida kraxmal quyidagi qismda uchraydi: bug‘doy uni -
74%, guruch-77-78%, oq non- 51%.
Inson organizmida kraxmalni parchalanishi og‘izdagi so‘lakning
-
amilazasi ta’siridan boshlanadi (og‘izda kraxmal qisqa bo‘lakchalarga bo‘linadi),
keyin ovqatlanish yo‘lida bu fragmentlar glyukozagacha parchalanadilar va hosil
bo‘lgan glyukoza qonga so‘riladi. Oziqlanish bahosi nuqtai nazaridan, o‘simliklar
polimerlari orasida kraxmalga yetadigani yo‘q.
|