O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

Ishchilarning vaqt me’yori

tegishli kasb va malaka egalari tomonidan 
to’g’ri tashkiliy-texnik shartlarda sifatli mahsulotlar birligini ishlab chiqarish 
uchun talab qilinadigan vaqt miqdori, odam
-
birlikda mahsulotni o’lchash. 
Ishlab chiqarish me’yori

cheklangan qandaydir vaqt (soat, smena, kun, 
chorak va h.k.) oralig’ida to’g'ri tashkiliy-texnik shartlarda tegishli kasb va 
malakali mutaxassislar tomonidan sifatli ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori. 
 Ishlab chiqarishni kengaytirish
-
yangi sexlar qurish, yangi qurilish-
montaj boshqarmalarini yaratish, qo’shimcha va xizmat ko’rsatish xo’jaliklarini
qayta tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlariga ta'sir qilmaydigan 
bo’limlar va filiallar va boshqa shunga o’xshash tadbirlarni tashkil etishlar orqali
ishlab chiqarish hajminining ko’payishidir. 
 Ishlarni ishlab chiqarish loyihasi
qurilish-montaj ishlari uchun resurslarni 
taqdim etish texnologiyasini, muddatini va tartibini belgilaydi hamda bino va 
inshootlar qismlarini qurish uchun ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda 
asosiy yo’riqnoma hisoblanadi. Bu qurilish loyihasining ajralmas qismi emas, balki 
qurilish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan hujjatdir. 
Kapital qo’yilmalar
-
bu ishlab chiqarish inshootlari va noishlab chiqarish 
ob'ektlarini barpo etishga yo'naltirilgan resurslar qiymati hamda jami ijtimoiy 
mehnatni aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriyadir. Kapital qo’yilmalarning manbalari 
bo’lib davlat tomonidan (davlat buyurtmasi), korxona va tashkilotlar hamda turli 
mulk shakllaridagi banklar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan ajratiladigan 
pul mablag’lari bo’lishi mumkin. 
Korxonalarni texnik jihatdan qayta jihozlash

rekonstruktsiya 
elementlaridan biri bo’lib, o’z ichiga uchastka va sexlardagi asosiy fondlarning 
faol qismini texnik va iqtisodiy darajasini yaxshilash, shuningdek yangi texnika,


186 
texnologiya, yangi material va energiya resurslaridan foydalanish boyicha chora

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin