187
Mehnatga haq to’lash shakllari
– mehnatga haq to’lashning
ikki shakli
mavjud: ishbay va vaqtbay. U yoki bu haq to’lash shakllaridan foydalanish qurilish
ishlab chiqarishining aniq shartlariga bog’liq bo’ladi.
Mehnatning fond bilan qurollanganligi
-
bir nafar ishchiga bo’lgan
hisobda asosiy ishlab chiqarish fondlarining miqdori. Mehnatning fond bilan
qurollanganligi ortishi mehnat unumdorligi o’sishiga shart
-
sharoit yaratadi.
Мehnatning energiya bilan ta’minlanganligi
-
bu qurilish tashkiloti asosiy
ishlab chiqarishdagi bir nafar ishchi mehnatining elektr dvigatellari va elektr
apparatlari quvvati bilan jihozlanganligini tavsiflovchi ko’rsatkich.
Me’yorlar -
mehnatni me’yorlash va tashkilotning ishlab chiqarish-xo’jalik
faoliyatini rejalashtirishda qo’llaniladigan ish vaqti, moddiy va moliyaviy
resurslarning hisob-kitob qilingan miqdorlari.
Moddiy-texnika ta’minoti
-
qurilish korxonalari, tashkilotlari va
xo’jaliklarini xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor buyum va
konstruktsiyalar, shuningdek ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun
mo’ljallangan texnik resurslar bilan ta'minlash jarayoni.
Muomala fondi
-
doimiy ravishda qurilish korxonasi tasarrufida bo’lgan pul
mablag’lari (joriy hisobda); muomalada bo'lgan pul mablag’lari; tayyor
mahsulotda gavdalangan, hali xaridor tomonidan to’lanmagan pullar; to’lovlarni
rasmiylashtirish jarayonida bo’lgan mablag’lar.
Dostları ilə paylaş: