O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

Nazorat uchun savollar 
 
1. Kapital qurilishni isloh etishning asosiy yo’nalishlari va muammolari 
to’g’risida aytib bering. 
2. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab hozirga qadar
qurilish tarmog’ining rivojlanish davrini tushuntirib bering. 
3. 2010-2017 yillar davrida Qurilish tarmog’iga kiritlgan investitsiyalar-
ning dinamik o’zgarishiga izoh bering. 
4. Oxirgi yillarda uy-joy qurilishiga kiritilgan investitsiyalar hajmini 
izohlab bering. 
5. Qurilishda shartnoma tizimini tushuntirib bering.
6. Qurilishda tanlov savdolari nima va u qanday tashkil qilinadi ? 
7. Qurilishda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari nimalar-
dan iborat?
8. Qurilishda injiniring, konsalting va lizing kompaniyalari faoliyatini 
rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlarini gapirib bering.


45 
IV BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH 
SHAROITIDA INVESTITSIYA SISYOSATI
 
 
4.1. Investitsion-qurilish faoliyati va uning mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirishdagi roli 
 
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omillaridan biri, bu 
yuqori darajadagi investitsion faollik hisoblanadi. Unga iqtisodiyotning yetakchi 
tarmoq va sohalarida amalga oshirilayotgan investitsion resurslar hajmining ortishi 
va ulardan samarali foydalanish orqali erishiladi. Investitsiyalar yangi ilmiy-texnik 
asosda ishlab chiqarish salohiyatini shakllantiradi va jahon bozorlarida mamlakat 
iqtisodiyotining raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezident Sh.Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida ta’kidlanganidek: “2019 yilda barcha manbalar hisobidan 
qariyb 138 trillion so’mlik yoki 2018 yilga nisbatan 16 foiz ko’p investitsiyalarni 
o’zlashtirish mo’ljallanmoqda. Bu borada to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 
miqdori joriy yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshirilib, 4,2 milliard dollarga 
yetkaziladi. Natijada 142 ta zamonaviy korxona ishga tushiriladi.” 
12
Investitsiya(kapital qo’yilma)lardan foydalanishning asosiy yo’nalishlari 
quyidagilar hisoblanadi: 
-
 
yangi qurilish; 
-
 
korxonalarni kengaytirish va qayta qurish(rekonstruktsiya qilish); 
-
 
ishlab chiqarishni texnik qurollantirish va modernizatsiya qilish; 
- mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini qo’llab-quvvatlash. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin