O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


- quyma  konstruktsiyalar yaratiladi. Bunday konstruktsiyalarga hajmli sanitar -



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

-
quyma 
konstruktsiyalar yaratiladi. Bunday konstruktsiyalarga hajmli sanitar
-
texnik 
kabinalar, lift shaxtalari, tonnellarning shaxtalari, kvartira bloklari, sanoat binolari 
yopilmasi metall bloklarini misol tariqasida keltirish mumkin. Qurilishda katta 
o’lchamli oraliq va tom yopish plitalari hamda devor panellarini qo’llash keng 
tarqalmoqda.
Loyihachilar 
bir 
nechta 
operatsiyalarni 
avtomatlashtirish 
bilan 
mexanizatsiyalashgan usulda yangi konstruktsiyalarni tayyorlash ustida ish olib 
borishmoqda. Temirbeton konstruktsiyalarda montaj uchun mo’ljallangan 
ilgaklarni boshqa moslamalar bilan almashtirish oldinga maqsad qilib qo’yilgan.
Loyiha yechimlari samaradorligini oshirish yo’nalishlaridan biri bu to’liq 
yig’ish asosida qurilishni rivojlantirishdan iboratdir. 
Loyihalarning iqtisodiy jihatdan samara keltirishini va sifatini yaxshilashga 
namunaviy (tipovoy) loyihalarni keng qo’llash, unifikatsiyalangan konstruktsiyalar 
va gabaritli sxemalardan foydalanish evaziga erishish mumkin. Qurilish
-
montaj 
ishlarining 80 % dan ortiqrog’i ob’ektlarda namunaviy(tipovoy) loyihalar bo’yicha 
bajariladi. Ayniqsa namunaviy(tipovoy) loyihalar turar joy binolarini tiklashda va 
qishloq qurilishida keng qo’llaniladi (95 % dan ortiqrog’i). Namunaviy loyihalar 
qo’llanishi loyihada ko’rsatilgan materiallar hajmini kamaytiradi, bu esa o’z 


101 
navbatida loyihalarni ishlab chiqish muddatini qisqartirish uchun shart
-
sharoit 
yaratadi, loyihalash va ilmiy
-
tadqiqot ishlariga sarflanadigan mablag’larni 30–40 
% ga pasaytiradi. 
Ilg’or texnologiya asosida ishlab chiqarilayotgan materiallar va 
konstruktsiyalar. 
Agar qurilish maydoniga korxonalar (zavodlar)da masimal 
darajada puxtalik bilan tayyorlanib keltirilgan yig’ma konstruktsiyalar va 
detallardan ob’ektlar tiklansa iqtisodiy samaradorlik ahamiyatli tarzda oshadi. 
Detallarning qoniqarsiz sifatda tayyorlanishi esa qurilish-montaj ishlarini 
bajarishda qo’shimcha mehnat sarfini yuzaga keltiradi va bu esa ishlarning 
tannarxini oshirishga olib keladi. 
Pol va tom bo’yicha ishlar bajarish jarayonida mehnat sig’imini qisqartirish 
va ularning sifatini oshirish uchun keyingi yillarda tom va oraliq tom 
yopmalarining kompleksli plitalari ishlab chiqarilmoqda. Konstruktsiya va 
detallarning zavodda tayyorlanish darajasini oshirish qurilishda amalga 
oshiriladigan qurilish-montaj ishlarini 4
-
6 % ga qisqartirish imkonini beradi. 
Yig’ma beton va temirbeton konstruktsiyalarni qo’llash bilan ishlab chiqarish va 
metall hamda yog’ochdan tayyorlangan konstruktsiyalar hajmi ortadi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin