- xizmat ko’rsatish bo’limi taomonidan bajariladigan ishlar samaradorligini
tahlil qilish.
Qurilish majmuasida zamonaviy sharoitlarda resurslar bilan ta’minlashning
quyidagi shakllari (metodlari) keng tarqalgan:
- tovar – xom-ashyo birjasi orqali;
- bevosita aloqada bo’lish (to’g’ridan
- to’g’ri shartnoma tuzish orqali);
- auksionlar, tanlovlar;
- homiylik;
- xususiy ishlab chiqarish va boshqalar.
Moddiy
- texnika resurslari bilan ta’minlashning konkret shaklini qurilish
tashkiloti ularning o’ziga xos jihatlari, ularni olishning davomiyligi (muddati),
berilgan takliflar soni, hamda rusurlar sifati va narxi hamda boshqa omillardan
kelib chiqqan holda tanlaydi. Qurilish ishlab chiqarishini resurslar bilan ta’minlash
shaklini aniqlashda yetkazuvchining ishonchliligi hamda ishlab chiqarilayotgan
konstruktsiyalar, buyumlar va boshqa materiallar raqobatbardoshlik darajasini
aniqlash taqoza etiladi. Yetkazuvchilar bilan kontraktlar (shartnomalar) tuzishda
ushbu shartnomalar (kontraktlar)da miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari, yetkazib
berishning konkret shakllari, muddatlari, sanktsiyalari va boshqa talablarni aks
ettirish zarurligini esda tutish taqoza etiladi.
Moddiy
- texnika ta’minoti bu tashkiliy aloqalar va shartnomalar asosida
ishlab chiqarish mablag’larini yetkazuvchilar va iste’molchilar o’rtasida bevosita
yoki vositachi orqali taqsimlash shaklidir. U ishlab chiqarish jamg’armalaridan
foydalanish, qurilish
- montaj ishlari ritmiyligi, tannarx, mehnat unumdorligi,
qurilishning davomiyligiga va boshqa ko’rsatkichlarga bevosita ta’sir ko’rsatish
bilan ahamiyatli tarzda ishlab chiqarishning natijaviyligini oldindan aniqlab beradi.