8.4. Qurilish moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish tizimida logistika Qurilish majmuasi(kompleksi)ni yaxlit holatda hamda uning tashkil etuvchi
komponentlarini ko’rib chiqish shunday xulosa chiqarish imkonini beradiki, unga
ko’ra qurilishni o’zaro bog’langan va o’zaro bog’langan oqimlar jamlanmasini o’z
tarkibiga kirituvchi tizimga kiritish mumkin. Bu oqimlarning asosiylariga
quyidagilar kiradi: axborotlar, moddiy- texnika, moliya resurslari va boshqalar
oqimlari kiradi.
Ma’lumki, bino va inshootlar qurilishi muddatlarini qisqartirish, maqbul
bo’lgan sarf-xarajatlar bilan ularning sifatlarini yaxshilash bo’yicha zaruriy
natijalarga erishish uchun birinchi navbatda yuqorida ko’rastilgan va boshqa
iqtisodiy oqimlarni maqbullashtirish va ratsionizatsiyalashtirish talab etiladi.
Qurilish tashkilotlari hamda qurilish industriyasi korxonalarida xususiy va
o’z maqsadlariga erishish yo’lida jalb etilgan resurslar harakatining o’zaro
bog’langan hamda o’zaro shart-sharoitlangan jarayonlarini iqtisodiy oqimlar deb
hisoblash mumkin.
Qurilishni tizim sifatida birinchi navbatda qurilishni moddiy – texnika
jihatdan ta’minlash deb qabul qilish joizdir. Har qanday bino va inshootni qurish
uchun, avvalom bor, yetarli miqdorda qurilish materiallari, konstruktsiyalari va
buyumlari, xom-ashyo hamda texnologik jihozlar zarur bo’ladi, ularning aniq
miqdori qurilish
- montaj ishlari loyihasida ko’rsatiladi. Qurilish ishlab chiqarishini
tashkil etish jarayoni bu resurslarning belgilangan hajmda, ko’rsatilgan muddatda
va tegishli sifatda yetkazilib berilishini ko’zda tutadi. Vatanimiz va xorijdagi turli
ishlab chiqarishlar bo’yicha to’plangan tajriba shunga o’xshash masalalarni
yechishda logistikadan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi.
Terminologik lug’atda logistikaning quyidagi ma’nosi ifodalangan.