126
Hozirgi sharoitda mehnatni tashkil etish va uning unumdorligini oshirish
dolzarb masala sifatida qaralmoqda, chunki ular iqtisodiy o’sish va taraqqiyotning
yagona manbai deb hisoblanadi. Keyingi yillarda mamlakatda yangi ishlab
chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, sanoat ishlab chiqarish salohiyatini oshirish,
shuningdek ish o’rinlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, hozirgi globallashuv sharoitida barqaror
makroiqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, investitsiyalarni jalb etish, ulardan
samarali va oqilona foydalanish, shu orqali ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish, shuningdek moddiy resurslarning tejalishini ta’minlash kabilar eng
dolzarb masalalardan biri bo’lib qolaveradi, shuningdek ularning hal etilishi
natijasida ijtimoiy sohadagi muammolarni ham muvaffaqiyatli hal etishga erishish
mumkin. Muammoni yechishning mumkin bo’lgan mexanizmi shundan iboratki,
bunda milliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirilgan moliya-kredit va
eksport siyosatini olib borish, jamg’arma va investitsiyalashga bo’lgan real
manfaatlarning
harakatlanishi
uchun
tegishli
shart-sharoitlarni
yaratish,
imkoniyatlar va ishlab chiqarish samaradorligini hisobga olgan holda mamlakatda
tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, shu bilan birga
to’plangan intellektual va mehnat salohiyatiga oqilona yondashish zarur bo’ladi.
Yuzaga kelgan vaziyat korxona ishchi-xodimlari singari davlat organlari
tomonidan ham mehnat unumdorligini oshirishga yo’naltirilgan zarur chora
-
tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. SHu sababli mehnat unumdorligi, uning
o’sishi hamma tarmoqlar va ayniqsa qurilish tarmog’i uchun juda dolzarb
hisoblanadi.
Mehnat unumdorligining alohida korxonalar va butun jamiyat rivojlanishi
uchun muhim ahamiyat kasb etishi mehnat unumdorligi darajasini ko’tarish va
uniing o’sishiga yordam beradigan zaxira(rezerv)larni yuzaga keltirishga ta’sir
ko’rsatadigan asosiy omillarni o’rganish naqadar zarur ekanligidan darak beradi.
Dostları ilə paylaş: