O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

Tashkiliy-iqtisodiy
 
omillar
mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish va 
boshqarish mavqei bilan aniqlanadi. Unga ishlab chiqarish boshqaruvini tashkil 
etishni takomillashtirish: boshqaruv apparati tuzilmasi, ishlab chiqarishni 
boshqarish tizimi, ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini 
tadbiq etish va rivojlantirish kiradi. 
Ijtimoiy-psixologik omillar
 
mehnat jamoalari ahilligi, ularning ijtimoiy – 
demografik tarkibi, tayyorgarlik darajasi, mehnat faolligi, bo’limlar va butun 
korxona bo’yicha ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantiradigan rahbarlik qilish usuli 
bilan aniqlanadi. 
Tabiiy-iqlimiy omillar
qurilishning borishiga katta ta’sir ko’rsadadi, chunki 
qurilish ishlarining aksariyat qismi ochiq osmon ostida bajariladi. Bu omillarni 
qurilish jarayonini loyihalashning boshlang’ich bosqichlaridayoq hisobga olish 
taqoza etiladi. 
Siyosiy va qonuniy omillar
soliqqa tortish, investitsiyalash, lizenziyalash, 
bojxona va shu kabi jarayonlarni tartiblashtiradi: xalq xo’jaligi hamma 
tarmoqlarini, jumladan qurilish sohasini ham rivojlantirish yo’nalishini aniqlab 
beradi. 
Xususiy omil.
Mamlakat iqtisodiy mexanizmida ishlab chiqarish vositalari 
va mehnat natijalariga bo’lgan mulkchilik shakllari o’zgarishi ro’y berayotgan 
hozirgi zamon sharoitlarida qurilish iqtisodiyotida ham jiddiy o’zgarishlar sodir 
bo’lmoqda. Bunday o’zgarishlar tadbirkorlik va raqobat bazasida yangi iqtisodiy 
munosabatlar yuzaga kelishiga olib keladi, insonni ishlab chiqarish vositalari bilan 
bilvosita muloqatda bo’lishdan ozod etish (ya’ni dastgohlarni, mexanizmlarni 
masofadan boshqarishni yo’lga qo’yish) uchun sharoitlar yaratilyapti. 
Yuqorida sanab o’tilgan barcha omillar biri-biri bilan o’zaro bog’liqlika ega 
bo’lganligi tufayli ularni kompleks holda o’rganish taqoza etiladi. Bunday 
o’rganish shuning uchun zarurki, bunda har bir omilning ko’rsatadigan ta’siri aniq 
baholanadi, chunki ularning ta’sirlari hech qachon bir xil bo’lmaydi. Ulardan 


129 
ba’zilari mehnat unumdorligining ustivor o’sishini ta’minlaydi, boshqa omillar 
ta’siri esa o’zgaruvchan bo’ladi. 
Korxona mehnat unumdorligini o’stirish rezervlari deganda ishlatilmayotgan 
ishlab chiqarish resurslari tushuniladi. Odatda O’zbekiston korxonalarida mehnat 
unumdorligini o’stirish rezervlari ichki ishlab chiqarish rezervlari, mehnat 
sig’imini pasaytirish, ish vaqtidan unumli foydalanish, moddiy resurslarni tejash va 
mehnat qurollarini asrab–avaylab ishlatish rezervlariga bo’linadi. 
Vaqt bo’yicha foydalanishga ko’ra mehnat unumdorligi joriy va istiqboldagi 
zaxira(rezerv)larga bo’linadi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin