O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

Ashyoviy usul.
 
Ishlab chiqarishning naturaviy metodi ish turlari bo’yicha 
ishchining kasbi bo’yicha ish unumini naturalь ko’rsatkichlarda aniqlab beradi 
(terilgan g’ishtning kubometrdagi hajmi, konstruktsiyalarning kubometri, 
yuzalarning kvatrat metrlari) yoki yakuniy mahsulotni bitta ishchiga 
to’g’rikeladigan hajmda umumiy o’lcham birliklarida o’lchash (yashash 
maydoning kvadrat metrlari, quvur o’tkazgichlarning kilometri va h.k.). 
Ish turldari bo’yicha ashyoviy (natural) ko’rsatkichini (ishchining ashyoviy 
ko’rsatkichlardagi ish unumini) natural ko’rsatkichlarda (kubometrlar, 


131 
pogonometrlar, kvatrat metrlar) da o’lchangan alohida ish turi hajmining ushbu ish 
turini bajargan ishchilar soniga (kishi) nisbati orqali aniqlash mumkin. 
Natural ko’rsatkich (ishalb chiqarilgan naturaviy miqdor) mehnat 
unumdorligining eng ob’ektiv va ishonchli ko’rsatkichi deb hisoblanadi. Ishlab 
chiqarilgan mahsulot miqdorining naturaviy o’lchamlardagi ko’rsatkichlari alohida 
birgadalar va ishchilarning mehnat unumdorligini aniqlash hamda taqqoslash, 
ularning sonini rejalashtirish, professionalь va saviyaviy (kvalikatsion) tarkibini, 
turli tashkilotlarda bir xil tipli ob’ektlarni qurishda bir jinsli ishlarni bajarishdagi 
mehnat unumdorligini qiyoslash imkonini beradi. Biroq unumdorlikning bunday 
ko’rsatkichlari ham kamchiliklardan holi emas. Masalan ular qurilish har xil jinsli 
ishlarning bir nechta turlarining bajarilishida tashkiloti bo’yicha mehnat 
unumdorligining umumlashgan ko’rsatkichini aniqlash imkoniyatini bera olmaydi, 
tugatilmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o’zgarishini hisobga olmaydi.
Me’yoriy usul.
 
Mehnat unumdorligini o’lchashning me’yoriy metodi 
me’yorlarda ko’satilgan mehnat sarfi asosida faktli mehnat sarfining aniq ish 
hajmiga nisbatini ko’rsatadi, ya’ni ishchilar tomonidan ishalb chiqarish 
me’yorlarining bajarilish darajasini tavsiflaydi. Me’yoriy ko’rsatkich ishlar mehnat 
sig’imining me’yor bo’yicha (kishi-kunlar) nisbatini 100% ga ko’paytirish orqali 
ifodalab beradi. Me’yoriy metod yoxud me’yoriy vaqtning qisqarish darjasini, 
yoki ishlab chiqarish me’yorining bajarilish darajasi (miqdori)ni aniqlash imkonini 
beradi. 
Qiymat usuli.
 
Mehnat unumdorligini aniqlashning qiymat usuli eng ko’p 
talqalgan bo’lib, bunda mahsulot miqdori smeta narxda yoki shartnoma asosida 
kelishilgan narxda hisobga olinadi. Bu usulda mehnat unumdorligining darajasi 
asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, ya’ni qurilish tashkilotining qurilish-ishlab 
chiqarish personali bo’yicha bitta ishchiga to’g’ri keladigan qurilish-montaj 
ishlarining smeta narxlari orqali o’lchanishi bilan tavsiflanadi. 
Qiymat ko’rsatkichni qurilish tashkiloti (korxona, firma) bo’yicha hamda 
birlashma, vazirlik miqiyosida umumiy mehnat unumdorligini belgilaydigan 
ko’rsatkich deb hisoblash mumkin. Ushbu ko’rsatkichning ustunlik tomonlari – 


132 
hisoblashning oddiyligi, turli ob’ektlar, qurilishlarda unumdorlikning darajasini 
taqqoslash imkoniyati mavjudligi, o’tgan qator yillar davomida unumdorlikning 
dinamikasini aniqlash, uning kamchiliklari – jonli mehnat samaradorligiga hech 
qanday aloqasi bo’lmagan ishlarning material sig’imiga, mehnat qurollari va 
predmetlarining dinamikasiga bo’lgan ta’siri.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin