137
texnik-iqtisodiy mazmuni jihatidan ko’rib chiqilishini butunlay maqsadga muvofiq
deb bo’lmaydi.
Ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy mazmuni,
uning omillari bilan
bog’liqlikda aniqlanadi. Texnika, texnologiya va materiallarning oshib borayotgan
imkoniyatlari mehnatni, ishlab chiqarishni va boshqarishni tashkil etish ta’siri
ostida amaliyotga tadbiq etiladi.
Mehnat samarador bo’ladiki, qachonki, uning tashkil etilishi ishlab chiqarish
va boshqarishning kompleks tarzda tashkil etilishi bilan birgalikda amalga
oshirilsa, lekin bu shart har doim ham bajarilavermaydi. Ishlab chiqarishni tashkil
etish
– bu, mohiyatiga ko’ra, mehnatning moddiy elementlarining
funktsiallashuvini ta’minlash bo’lsa, boshqarishni tashkil etish esa – mehnat
munosabatlarining funktsiallashuvidir. Kompleks tashkil etilgan mehnat faoliyatini
ish joyiga, tuzilma birligiga va butun korxonaga qo’llash juda muhimdir: bu
mehnatni tashkil etishning tor tushunchasidan texnologik faoliyatga o’tish
demakdir.
Hozirgi vaqtda yangi ishga tushirilayotgan ob’ektlarning hammasi ham
texnik va texnologik parametrlar bilan uzviy bog’langan mehnat, ishlab chiqarish
va boshqarishni tashkil etishning puxta tayyorlangan loyihalariga har doim ham
ega bo’lavermaydi. SHu sababli mehnatni va ishlab
chiqarishni boshqarishning
tashkil etilishi darajasi hamda bir xil sharoitlarda ishlayotgan, aynan bir xil jihozlar
(dastgohlar)da bir xil mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxona ishchilarining
soni tez-tez bir-biridan sezilarli ravishda farq qilib turadi.
Inson omilini faollashtirish va fan
-
texnika taraqqiyotini jadallashtirish – bu
muvozanatlashuvchanlik va ishlab chiqarish omillari dinamik rivojlanishining
o’zaro bog’langan muammolaridir.
Ijtimoiy omillarning rolini kuchaytirishni hisobga
olmasdan turib mehnat
samaradorligi muammosini yechish mumkin emas. Faqat shuni inobatga olgan
vaziyatdagina ikkita o’zaro bog’langan masalalarning maqbul yechimlarini topish
mumkin bo’ladi: yuqori natijaga ega bo’lgan ishlab chiqarish va tovarlar hamda
xizmatlarning raqobatbardoshligi ta’minlanadi va shu bilan bir vaqtning o’zida har
138
bir ishchi-xodimga tegishli ijtimoiy kafolatlarni taqdim etish yo’li
bilan ishchi-
xodim-larning ishlab chiqaruvchanligini kengaytirishga erishish mumkin.
Mehnat mazmunini aniqlashda, uning ustuvor qadr
-
qimmati tan olinishi,
yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari
va atrof-muhitni muhofaza
qilish sharoitlarini belgilab beradi. Ulardan oxirgisi, ya’ni atrof
-
muhitni muhofaza
qilish ayniqsa qurilish ishlab chiqarish sohasida juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnatni juda ham tor darajadagi bo’limlarga ajratishga mutlaqo yo’l
qo’ymaslik kerak, ishchi
-
xodimlarga mehnat funktsiyalarini kengaytirish uchun
keng imkoniyatlar taqdim etish, kasblarni qo’shish,
boshqaruvda ishtirok
etishlarini, texnologiyani insonga va insonni texnologiyaga o’zaro moslashuvini
ta’minlash zarur.
Bozor munosabatlari sharoitida yuqori professional ishchi-xodimlarni jalb
etishning egiluvchan shakllarini ta’minlash taqoza etiladi. Har bir ishchi
-
xodimni
nafaqat uning professional sifatlari nuqtai-nazaridan, balki uni insonga xos bo’lgan
indivudial fazilatlar va ehtiyojlar bo’yicha ham baholash alohida muhim ahamiyat
kasb etadi.
SHunday qilib, mehnat faoliyatini tashkil etishni mehnatning ichki
bozorida shakllanayotgan personaldan ajratib bo’lmaydi.
Korxonada mehnat faoliyatini tashkil etish yuqori tashabbuskorlik va faollik
darajasiga ega bo’lgan va o’zining ishi uchun har qanday xavf-xatarga yuz
tutadigan ishchi-xodimlari bilan ajralib turadigan tadbirkorlikning rivojlanishi
bilan uzviy bog’langandir.
Dostları ilə paylaş: