4.Xalqaro loyiha,vebinar,forum kabilar uchun sohaviy nutq tuzish imkoniyatlari
Taqdimot jiddiy mavzu. Uning maqsadi tinglovchilarga ma’lumot berish, tushuntirish yoki o‘z nuqtayi nazarini taqdim etishdir. Unda mahsulot tanishtirilishi, jarayon tushuntirilishi yoki tajriba bayon etilishi mumkin. U kichik, bilimli tinglovchilarga konferensiya, seminar yoki biznes yig`ilishida yetkazib berilishi mumkin. Va tinglovchilar savollari bilan davom ettiriladi. Taqdimot malakasi notiqlik san’atida oldindan abzatslarning kirish qismini tayyorlash, format aspektda amaliyot bilan ishlov berilishi va rivojlantirilishi mumkin.
Taqdimotda 4 ta vazifa bajarilishi lozim: 1. Taqdimot qilinishi kerak bo‘lgan muhit haqida bilish yoki buni biz taqdimotning turli elementlari deyishimiz mumkin. 2. Matnni va ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash. 3. O‘zining ko‘rinishi va xatti-harakatlariga e’tibor qaratish. 4. Taqdimot qilishni mashq qilish.
Taqdimotning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 1. O‘tkazilish joyi: agarda siz joyni bilsangiz, siz o‘zingizni qulayroq his qilasiz, lekin xonani va barcha talab etilgan jihozlarni taqdimot boshlanishidan bir necha daqiqa oldin tekshirishni unutmang. Agarda tashqarida bo‘lsa, siz xona, o‘rindiqlar joylashuvi, notiqning o‘rni bilan tanishishga harakat qiling, ko‘rgazmali qurollarni diqqat bilan tekshiring. Uning joylashuvi va yoritilishiga e’tibor qarating. 2. Tashkilotchi: tashkilotchi tashkilot nomi va undagi muhim shaxslar haqida imkoni boricha ko‘p bilishga harakat qiling. 3.Tadbir: qanday tadbirga taqdimot qilish uchun ketayotganingizni bilishingiz shart, biznes uchrashuvimi, konferensiyami yoki seminarmi?
4. Mavjud vaqt: sizga mo‘ljallangan vaqtni oldindan tekshiring. Abzatslarni tayyorlash berilgan vaqtga bog`liq bo‘ladi. 5. Boshqa notiqlar: yana boshqa notiqlarni bilib olish. Raqib tashkilotdan kimlardir bo‘ladimi? Ularning tashkilotdagi lavozimi qanday? Raqiblar bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar ular haqida har qanday izoh berishda ehtiyotkor bo‘ling. 6.Tinglovchilar: taqdimot tinglovchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos bo‘lishi shart. Nutqning mazmuni va ohangi tinglovchilarning tabiatiga bog`liq bo‘ladi. Taqdimotda foydalangan so‘zlaringizga e’tibor qarating, mos bo‘lmagan hech narsaga murojaat qilmang.
.
Taqdimotnituzishjarayoniquyidagiharakatlardaniborat: 1.Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash; 2.Slaydlarning mazmuniy o‘lchamlarini tanlash; 3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo‘shish; 4.Slayd hajmi va o‘lchamlarini tanlash; 5.Slaydlarga bezashda zarur bo‘lgan o‘zgarishlar kiritish; 6.Slaydlarni ko‘rsatishda tovushli animatsiya jihatlarini yaratish.
Taqdimot maqsadi Taqdimotdan ko’zlangan maqsad nima? Tinglovchilar taqdimotdan oldin shu mavzu bo’yicha o’y-fikrlari va amallari qanday edi? Taqdimotdan so’ng ularning fikrlari va amallari qanday bo’lishi kerak? Qaysi eng asosiy g’oyani tinglovchilar bilan ulashmoqchiman va uni evaziga o’zim nima olmoqchiman? Taqdimot uchun e’tibor berilishi kerak bo’lgan yana bir muhim masala - uni auditoriyaga qo’ldan kelgancha oson tushuniladigan, aniq va qiziqarli tarzda yetkazib berishdir. Chunki ko’pincha auditoriya taqdimotchi hikoyasini ham tinglab, ham unga savol berishga ulgurishi kerak bo’ladi. Prezentatsya “hikoyasi"ni tuzishda konsaltingda keng qo’llaniladigan uslubdan foydalanish mumkin. Unga ko’ra, taqdimot birinchi hozirgi vaziyat qandayligi bilan boshlanadi. Keyin shu vaziyatga tegishlik, shu taqdimotni qilishga sababchi bo’lgan o’zgarish yoki qiyinchilik tafsilotlari tasvirlanadi. So’ng, uni yechishga kerak bo’lgan savol(lar) beriladi, ohirida unga javob(lar) taqdim qilinishi bilan yakunlanadi.
.
Taqdimot yoki ma’ruzada nutq egasining maqsadi – muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal, tushunarli va ta’sirli tarzda yetkazishdir. Buning uchun so‘zlovchiga faqat til qonun-qoidalarini bilishning o‘zi kifoya emas, balki notiqning nutq texnikasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Ovoz - nutq texnikasining eng muhim elementi. So‘zlovchining ovozida quyidagi xususiyatlar bo‘lishi lozim: jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi); - keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi); havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlik);