134
buyumlarning ancha ahamiyatli tarzdagi rentabelligi va ko’tara narx orqali
olinadigan foydadagi korxona ulushlarining katta farqlari mahsulot ishlab
chiqarishda korxonaning real hissasini taqqoslashda va foydani tegishli
miqdorlardagi ko’rinishda aks ettirishda ishonchli natijalarni bermadi.
Mehnat sarflari
bajarilgan kishi-soatlar soni bilan ancha aniq ifodalanadi.
Lekin ularni hisoblash juda ko’p mehnatni talab qiladi.
Kishi-kunlar mehnat sarflarining kishi – soatlarda o’lchangandagiga
qaraganda kamroq bo’lgan natijani beradi, chunki kishi – kunlar ichki smenali
to’xtab qolishlarni hisobga olmaydi.
Ishchi xodimlarning o’rtacha oylik soni kishi – kunlariga qaraganda kun
mobaynidagi to’xtalishlarni hisobga olmaydi, shunga qaramasdan aynan ishchi-
xodimlarning o’rtacha oylik sonidan yillik mehnat
unumdorligini hisoblashda
foydalaniladi, chunki bu turli korxonalarning, tarmoqlarning va umuman mamlakat
bo’yicha ko’rsatkichlarning qiyoslanishini ta’minlaydi. Korxona xo’jalik
faoliyatini ichki ishlab chiqarish bo’yicha tahlil qilishda soatli va kunlik mehnat
unumdorligi ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Shunday qilib, unumdorlikni
aniqlash uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat sarflarining tegishli
ko’rsatkichlari tanlanadi va birinchi ko’rsatkichlar ikkinchi ko’rsatkichlarga
bo’linadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat sarflari ko’rsatkichlarining
ustunligi va kmachiliklarini tahlil qilish asosida shuni ta’kidlash joizki, ularni
mumkin bo’lgan har qanday uyg’unlashtirish ma’lum bir iqtisodiy mazmunni kasb
etadi, ularni tanlash esa mehnat unumdorligi darajasini o’lchashning
konkret
masalalari bilan aniqlanadi. Kornxonada unumdorlikni aniqlashning eng keng
qo’llaniladigan (universal) usuli yil davomida o’rtacha ro’yxat bo’yicha shu
korxona bitta ishchisiga to’g’ri keladigan korxona tomonidan bir yilda ishlab
chiqarilgan sof mahsulotning miqdorini hisoblashdan iboratdir.
Mehnat unumdorligining boshqa ko’rsatkichi – mehnat sig’imi - mahsulot
birligini ishlab chiqarishga to’g’ri keladigan jonli mehnat sarfining yig’indisini
belgilaydi.
135
Mahsulot birligini ishlab chiqarish bo’yicha mehnat sig’imini aniqlash uchun
hamma ishlab chiqarishga sarflangan sarf
-
xarajatlarni ma’lum vaqtda ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmiga bo’lish kerak bo’ladi. Mehnat sig’imi ko’rsatkichi
qaralayotgan qurilishga aloqador bo’lmagan boshqa omillarning ta’siriga
uchramaydi. SHuning uchun mahsulot (ish)ning amaldagi mehnat sig’imi
qiymat
ishlab chiqarish ko’rsatkichiga nisbatan ancha to’g’ri bo’lib, mehnat
unumdorligining darajasi va dinamikasini tavsiflab beradi.
Mehnatni rejalashtirish va tahlil qilish maqsadida alohida operatsiyalar,
buyumlar va ishlarning mehnat sig’imi hisoblanadi.
Texnologik mehnat sig’imi (T
1
) asosiy ishchi
-
bajaruvchilar va vaqtbay
ishlaydiganlarning mehnat sarflari bilan aniqlanadi. U ishlab chiqarish
operatsiyalari, detallar, tugunlar va tayyor mahsulotlar bo’yicha hisoblanadi.
Xizmat ko’rsatish bo’yicha mehnat sig’imi (T
2
) asosiy tsexlarning yordamchi
ishchilarining hamda yordamchi tsexlar va bo’limlardagi
ishchilarning, ishlab
chiqarishga xizmat ko’rsatayotgan hamma ishchilarining mehnat sig’imini
namoyon etadi. Uni har bir operatsiya, buyum bo’yicha yoki buyumning
texnologik mehnat sig’imiga proportsional hisoblash mumkin.
Ishlab chiqarish bo’yicha mehnat sig’imi (T
3
) texnologik va xizmat
ko’rsatish bo’yicha mehnat sig’imlari yig’indisidan tashkil topadi, ya’ni bu asosiy
va yordamchi ishchilarning ish birligini bajarishga sarflagan mehnatini ifodalaydi.
Boshqarish bo’yicha mehnat sig’imi (T
3
) rahbarlar,
mutaxassislar,
xizmatchilar tomonidan sarflangan mehnat yig’indisidan iborat bo’ladi. Bunday
sarflarning bir qismi bevosita buyumlarning tayyorlanishi bilan bog’liq bo’lib, bu
buyumlarga bevosita (bevosita) tegishli bo’ladi, mehnat sarflarining boshqa qismi
esa buyumlarning tayyorlanishiga bevosita bog’liq bo’lmaydi, ishlab chiqarish
mehnat sig’imiga proportsional bo’lgan holatda bumlarning tayyorlanishiga
tegishli bo’ladi.
Eng yaxshisi, mahsulotning to’liq mehnat sig’imi ko’rsatkichidan
foydalanish juda qulay bo’lib, bu ko’rsatkich barcha kategoriyalardagi
136
ishchilarning mehnat sarflar (kishi-soatlar)ini o’z
ichiga oladi va u quyidagi
formula bo’yicha hisoblanadi
,
(9.3)
Mehnat sig’imi hisoblash usuliga bog’liq ravishda me’yoriy, amaliy,
rejaviy mehnat sig’imlariga ajratiladi.
Mehnat sig’imi ko’rsatkichlari mehnat unumdorligining darajasini hisoblash,
yangi konstruktsiyalar, materiallar va texnologik jarayonlarni qo’llashning
samaradorligini hamda qurilish–montaj ishlarining mexanizatsiyalashganligini
baholash uchun zururdir. Mehnat sig’imi ko’rsatkichlaridan qurilishda mehnat
resurslariga bo’lgan ehtiyojlarni hisoblashda foydalaniladi.
Mehnat
unumdorligini
hisoblash
(o’lchash)
usullarini
har
doim
takomillashtirib borish taqoza etiladi, shu bilan u yoki boshqa omillardan masadli
yo’nalishda foydalanishni va konkret iqtisodiy maqsadlarni hisobga olgan holda
mehnat sig’imining samradorligi (natijaviyligi)ni ob’ektiv (xolisona) baholashga
erishish mumkin.
Bozor sharoitida boshqarishning zamonaviy iqtisodiy
usullarida shunday
o’lcham birliklarini izlab topish bo’yicha izlanishlar olib borilmoqdaki, ular
natijalar va sarf
Dostları ilə paylaş: