Media va axboriy savodxonlik bo'yicha myammoli/tarbiyasi ogir yoshlar toifasi bilan ishlash uchun


-MAVZU.  YANGILIKLAR QANDAY SHAKLLANADI YOKI QANDAY



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/115
tarix17.10.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#156743
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115
88c7e5b9646148fab716c26a7d76524c

5-MAVZU. 
YANGILIKLAR QANDAY SHAKLLANADI YOKI QANDAY 
QILIB IJOBIY AXBORIY MUHITNI YARATISH MUMKIN?
 
 
Mashq
 
 
Treningga kirish
 
 
Zamonaviy axborot oqimi juda katta 

turli platformalar orqali har soatda 
shakllantiriladigan yuzlab xabarlar va 
yangiliklar. 
Axborotni 
uzatish 
shakllari ham juda ko’p

televideniyedan boshlab ijtimoiy 
tarmoqlargacha. 
Sifati bo’yicha ham 
axborot har hil bo’ladi
: aniq, noaniq, 
to’liq, teskari, isbotlanmagan, shov
-
shuvli.
Xo’sh, bu axborot oqimi qanday shakllanadi
? Hamda, u biz uchun qiziqarli, 
muhim, foydali bo’lishi uchun, uni tartibga solishni
ng iloji bormi? 
Tasavvur qilaylik, qachondir Siz katta kompaniyada axborot tahlilchisi sifatida 
ishlashga qaror qildingiz. Sizning vazifangiz har kuni asosiy yangiliklarni ko'rib 
chiqish, xabarlarni tahlil qilish va menejer uchun unga qiziq bo'lishi mumkin 
bo'lgan narsalarni tanlashdir (uning o'zi juda oz vaqtga ega, shuning uchun 
bu vazifa alohida mutaxassisga topshirilgan). Va u juda keng qiziqishlarga ega 
- u dunyodagi asosiy voqealardan xabardor bo'lishni, mamlakatdagi muhim 
mavzularni bilishni, sog'lom turmush tarzi va xususan, to'g'ri ovqatlanishning 
so'nggi tendentsiyalaridan xabardor bo'lishni xohlaydi.
Bir vaqtning o'zida u Sizdan qahvaning xususiyatlari haqida ma'lumot yig'ishni 
so'raydi: uning eng mazali navlari, saqlash qoidalari, qanday pishirish, ichish 
kerakligi haqida. Va eng muhimi - u foydalimi yoki yo'qmi. Axir, bu masala 
bo'yicha juda ko'p turli xil ma'lumotlar mavjud. Keling, buni aniqlaylik!
М
P 1.
 
Trener mashg'ulot ishtirokchilarini ikkita jamoaga birlashtiradi. Har bir 
jamoa alohida tahliliy bo'limni tashkil qilib, u kompaniya rahbari uchun 
zarur ma'lumotlarni to'plashi kerak bo'ladi.


73
Biroq, 
bo’limlarning har biri o’z vazifasiga ega bo’ladi 
(kamoalar bir-
birining topshiriqlarini bilmaydi 

ular moderatorlik kartalariga yozilgan 
holda uzatilishi mumkin).
Birinchi guruh - birinchi tahliliy bo'limga quyidagi vazifa topshiriladi: 
kofe juda FOYDALI ekanligini ko'rsatadigan va tasdiqlaydigan beshta 
yangilik, xabarlarni, maqolalarni to'plash. 
Ikkinchi guruh - ikkinchi tahliliy bo'lim oldiga quyidagi vazifa qo'yiladi: 
kofe juda ZARARLI ekanligini isbotlaydigan beshta yangilik, xabarlar, 
maqolalarni to'plash. 
Ishtirokchilar tegishli ma'lumotlarni to'plash uchun o'zlarining 
gadjetlari, Internet-qidiruv tizimlaridan foydalanishlari kerak. 
Vazifani bajarish vaqti - 10 daqiqa. Qidiruv ishlari oxirida ikkala "tahliliy 
bo'lim" o'z tadqiqotlarini taqdim etadilar. 
Ma'lum bo'lishicha, Internetda Siz ushbu oddiy ichimlikning foydasi va 
zarari haqida asosli ma'lumotlarni topishingiz mumkin ekan. 
Topshiriq shuni ko'rsatdiki, bir hil mavzuda, hatto tor doiradagi masalada 
ham, ma'lumotlar mutlaqo har hil bo'lishi mumkin, ular bir-biridan mutlaqo 
boshqacha nuqtai nazarlarni, boshqacha dalillarni aks ettiradi. Va bitta 
ma'lumot haqiqat, boshqasi esa haqiqat deb aytib bo'lmaydi. Ikkalasi uchun 
juda qiziqarli va ishonchli dalillar tanlangan. Ammo bu ham muhim emas. 
Keling, o'ylab ko'raylik: ehtimol hozirgi yangiliklar lentasida kofening 
foydaliligi yoki aksincha zararli ekanligi to'g'risida xabarlarni topganimizda 
voqealar shunday tarzda rivojlanishi mumkinmi? Albatta mumkin. Axir biz 
faqat umumiy xabarlar oqimidan yangiliklarni iste'mol qilamiz, ammo biz 
ularni shakllantirmaymiz. Shunda uni kim va nima shakllantiradi? Va bunga 
ta'sir qilish qobiliyatimiz yoki vositamiz bormi? Biz istagan taqdirda, birdan 
katta kompaniyaning jiddiy tahlilchisiga aylanib, o'zimiz, do'stlarimiz yoki 
o'sha rahbar uchun ijobiy, qiziqarli, foydali yangiliklar to'plamini tuza 
olamizmi.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin