112
1.
Foydalanuvchi shartnomasini o’qib chiqish
.
Akkauntni ro'yxatdan o'tkazishda Siz kerakli bandlarni to'ldiraSiz. Oxirida
sayt/ijtimoiy tarmoqning foydalanuvchi shartnomasi shartlari bilan kelishuv bandi
mavjud. Siz buni turli xil Internet-resurslarda ro'yxatdan o'tishda bir necha bor
ko'rganSiz! Biz odatda qanday ish tutamiz: yaxshilab tushunmasdan, "Men barcha
shartlarga roziman" panelini bosamiz. Bu juda to'g'ri qadam emas. Ehtimol, unda
shunday deyilgan bo'lishi mumkin: "foydalanuvchi tomonidan kiritilgan har
qanday ma'lumotlar va materiallar resursning mulki hisoblanadi."
Yuqoridagi so'zlar shuni anglatadiki, sayt/ijtimoiy media egalari Sizning
ma'lumotlaringiz bilan xohlagan ishlarini qilishlari mumkin. "Rozilik"
yuborilgandan keyin bunga qarshi turish deyarli mumkin emas.
2.
Akkauntda minimal hajmda shaxsiy ma’lumotlar
ning
ko’rsatilishi
.
"Siz qayerda o'qigansizz", "Qayerda ishlaysiz". Siz maktab / universitetni
ko'rsatishingiz mumkin, ammo kurs, lavozim tafsilotlarisiz. Xuddi shu narsa
do'stlar, qarindoshlarni ko'rsatish bo'yicha takliflarga nisbatan qo'llaniladi. Bu
foydalanuvchi uchun hech qanday ma'noga ega emas - faqat ijtimoiy tarmoq yoki
veb-sayt uchun. Umuman olganda, Siz faqat "o'zingiz haqingizda" bo'limidagi
majburiy narsalarni to'ldirishingiz kerak
–
ular, odatda, yulduzcha bilan
belgilanadi. Agar biron bir ijtimoiy tarmoq ko'proq "majburiy" ma'lumotlarni talab
qilsa, unda ro'yxatdan o'tishning hojati yo’q
.
Dostları ilə paylaş: