12-Mavzu. Qishloq xo’jalik korxonalarining moliyaviy faoliyati tahlili Reja



Yüklə 359,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/12
tarix18.10.2023
ölçüsü359,17 Kb.
#156867
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Lecture - 12

Glossariy 
ASOSIY FAOLIYATDAN KO’RILGAN FOYDA - mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyd 
bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar 
yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi. 
BALANS - xalq xo'jaligida va umuman xo'jalik, savdo ishlarida bir-biriga bog'liq bo'lgan 
sohalarning o'zaro muvofiq salmog'i. B. biror korxona yoki tashkilotda muayyan bir muddat 
oralig'idagi kirim bilan chiqimni, ya'ni daromad bilan buromadni bir-biriga taqqoslab chiqilgan 
yakun. 
BALANS REJA - korxonadagi moliyaviy mablag’lardan foydalanish tuzilishi va aktivlari 
tarkibining reja davri oxiridagi natijalarini prognoznozlashtirish jarayonini aks ettiradi. 
BEVOSITA XARAJATLAR - bitta mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq, miqdori 
ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga nisbatan o’zgaruvchan xarajatlar. 
BILVOSITA XARAJATLAR - yordamchi ishchilarga vaqtbay ish haqi to’lash, ishlab 
chiqarish asosiy vositalarining amortizasiyasi, ishlab chiqarish asosiy vositalarini saqlash, joriy 
va kapital remont qilish va mahsulot hajmining o’zgarishidan qat’i nazar nisbatan doimiy bo’lib 
qoladigan boshqa xarajatlar singari ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq 


ishlab chiqarish ahamiyatidagi xarajatlar. 
DAROMADLAR - hisobot davrida aktivlarning ko’payishi yoxud majburiyatlarning 
kamayishi. 
FAVQULODDA DAROMAD (ZARAR) - xo’jalik yurituvchi subyektning odatdagi 
faoliyatidan aniq farq qiladigan, ya’ni tez-tez yoki muntazam sodir bo’lmaydigan voqyealar yoki 
bitimlar natijasida yuz bergan daromadlar yoki xarajatlar. 
FOYDA - 1) biror kimsa yoki narsa uchun bo'ladigan naf, manfaat; 2) daromadning xarajatga 
nisbatan farqidan tashkil topgan summa, mablag' , daromad; 3) qarzga berilgan puldan 
foydalanilganligi uchun qarzdordan qarz beruvchi (kreditor) oladigan qo'shimcha pul, haq. 
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI - tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va 
iste'molchilarga yetkazib berishda qilinadigan barcha sarflardan iborat. 
KALKULYASIYA - mahsulotning o'lchov birligini yoki bajarilgan ishning tannarxini 
hisoblash. 
MAHSULOTNI SOTISHDAN OLINGAN YALPI FOYDA - mahsulotlar (ishlar, 
xizmatlar)ni sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 
o’rtasidagi tavofut. 
MOLIYAVIY NATIJALAR - xo’jalik yurituvchi subyektning foyda yoki zarar shaklida 
ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakuni. 
MOLIYAVIY REJALASHTIRISH - muayyan muddat uchun moliyaviy resurslar harakati 
va tegishli moliyaviy munosabatlar harakatini asoslashdan iborat jarayon. 
NARX - baho - tovar qiymatining pulda aks etishi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat 
xo'jalik mexanizmida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. N. faqat tannarxga emas, balki talab va 
taklif, shuningdek tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar o'rnini bosa olishi
muomaladagi pulning xarid qobiliyatiga ham bog'liq. 
RENTABELLIK- (nem.rentabel-foydali, daromadli)-foyda olish darajasi. R. ma'lum davr 
mobaynida olingan foyda miqdorining shu davrda sarflangan asosiy ishlab chiqarish fondlari va 
oborot vositalari qiymati yig'indisiga yoki mahsulotning ishlab chiqarish va sotish xarajatlari- 
tannarxga nisbati sifatida foizlarda hisoblanadi. 
SOF FOYDA - korxona moliyaviy faoliyati natijasida ko'rilgan daromaddan mahsulot 
tannarxi va soliqlar hisoblanganidan so'ng korxona ixtiyorida qoldirilgan foyda. 
SOF MILLIY MAHSULOT - (SMM) -yalpi milliy mahsulotdan amortizasiya ajratmalari 
summasini chegirib tashlangandan qolgan qiymat summasi. 
SOLIQ IMTIYOZLARI - muayyan turdagi ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan soliq 
to’lashda beriladigan imtiyozlar. 
SOLIQ TO’LANGUNGACHA OLINGAN FOYDA - umumxo’jalik faoliyatidan olingan 
foyda plyus favqulodda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlardan ko’rilgan foyda va minus zararlar 
sifatida aniqlanadi. 
SOLIQLAR - davlatning korxonalar, tashkilotlar va aholidan undiradigan pul mablag'lari, 
milliy daromadni iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot vazifalariga muvofiq taqsimlash va qayta 
taqsimlashni ta'minlovchi moliya mexanizmining muhim vositalaridan biri, davlat tomonidan 
tartibga solinadi. 
UMUMXO’JALIK FAOLIYATIDAN OLINGAN FOYDA YOKI ZARAR - asosiy 
faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar va minus 
ko’rilgan zararlar sifatida aniqlanadi. 
YALPI MILLIY MAHSULOT - (YAMM) ma'lum muddat (odatda bir yil) ichida 
mamlakatda ishlab chiqarilgan va bevosita iste'molchilarga tushadigan pirovard mahsulotlar va 
ko'rsatilgan xizmatlarning bozor baholaridagi summasidan iborat. Eng muhim va sintetik 
iqtisodiy ko'rsatkichlardan iborat bo'lib, o'z tarkibiga mehnat vositalari sarflarini qoplash fondini 
(ya'ni renovasiyaga ishlatiladigan amortizasiya miqdorini) va milliy daromadni oladi. YAMM 
muayyan narxlarda ifodalanadi, unga narx tarkibiga kiruvchi bilvosita soliqlar va nomoddiy 
tarmoq ko'rsatgan xizmatning qiymati ham kiradi. 

Yüklə 359,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin