“ SUSTAINABLE ECONOMIC DEVELOPMENT OF REGIONS: INTERNATIONAL AND NATIONAL CONCEPTS”
International scientific - practical conference
19-20 May, 2023| Samarkand branch of Tashkent state university of economics.
www.sbtsue.uz
535
protseduralarga ajratish mumkin: saqlash, qidirish, qayta ishlash, kiritish va chiqarish.
Birinchi uchtasi ichki bosqich sanaladi to‗rtinchi va beshinchilari esa mazkur tizim
bilan axborot manbai va tashqi muhit o‗rtasidagi aloqani ta`minlaydi.
Axborot tizimi foydalanuvchilarning talabiga muvofiq axborotlarni yig‗ish, qayd
etish, uzatish, saqlash, to‘plash, qayta ishlash, tayyorlash va taqdim etishga
mo‗ljallangan. Kontseptual nuqtai nazardan qaraganda, axborot tizimi – bu
operatsiyani bajaruvchi tizim va boshqaruvchi tizim o‗rtasidagi vositachi sanaladi.
Axborot texnologiyasi axborot tizimi ichidagi texnologiya sanaladi. Axborot
tizimi tizimdagi ma‘lumotlar, axborotlar bilan operatsiyani amalga oshiradi. Axborot
tegishli muammoga qaratilgan bo‗lib qarorlar qabul qilish uchun asos bo‗lib xizmat
qiladi. Axborot hal etilishi lozim bo‗lgan vazifaga muvofiq va ushbu vazifani hal
etuvchi xodimning qobiliyatiga muvofiq qayta ishlanadi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga quyidagilar kiradi: xodim, texnik vositalar
va dasturiy ta‘minot. Ular birgalikda boshqaruv usullari uchun ma`lumotlarni qayta
ishlaydi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimining tuzilishi Axborot tizimi tushunchasi ko‗p qirrali, uning mazmuni va mohiyati axborot
texnologiyasi qo‗llanilayotgan obyektning o‗ziga xos xususiyatlari, xossalari bilan
belgilanadi. Axborot tizimini to‗liq va har tomonlama bilish uchun uning o‗ziga xos
xususiyatlari tizimini aniqlash kerak bo‗ladi. Shu maqsadda quyida axborot tizimini
har bir qator belgilariga ko‗ra tasniflash variantlari ko‗rib chiqiladi:
avtomatlashtirish darajasi;
boshqarish jarayonining turlari bo‗yicha;
qo‗llanilish sohalari bo‗yicha;
boshqarish obyektining ishlash sohasi bo‗yicha;
qo‗llanilish yo‗nalishi bo‗yicha;
boshqaruv tizimidagi darajasi bo‗yicha va hokazo.
Axborot tizimining tasnif belgilari ichida ularning qo‗llanish sohalari asosiy
hisoblanadi.
Global integratsiyalashgan axborot jamiyati mavjud axborot tizimlarini sezilarli
darajada qayta qurishni talab qiladi. Korxonada ishlaydigan axborot tizimi ishlab
chiqarish jarayonlarining barcha ishtirokchilarining o‗zaro ta‘sirini ta‘minlashi kerak.
Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‗ra, axborot tizimlarining hozirgi
rivojlanish darajasining xususiyatlariga, ayniqsa, zamonaviy biznes va axborot
texnologiyalari rivojlanishi o‗rtasidagi bog‗liqlik ta‗sir qiladi: bir tomondan, o‗z