“ SUSTAINABLE ECONOMIC DEVELOPMENT OF REGIONS: INTERNATIONAL AND NATIONAL CONCEPTS”
International scientific - practical conference
19-20 May, 2023| Samarkand branch of Tashkent state university of economics.
www.sbtsue.uz
538
mexanik va hokazo) xizmat qiladi. Ikkinchi xil tizimlarda asosiy axborot uzatish shakli
hujjatdir.
So‗nggi paytlarda TJABT va TBATning yagona integratsiyalashgan boshqarish
tizimiga qo‗shilish tendensiyasi kuzatiladi. Bunday qo‗shilishda tizimda aylanuvchi
axborotlarni signallar va maxsus turdagi hujjatlar shaklida mashina tashuvchilarga
uzatiladi. Bu bilan TJABT va TBAT o‗rtasidagi farqlar ma‘lum darajada yo‗qoladi.
Qo‗llanish sohasi bo‗yicha axborot tizimlari moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy
va boshqaruv sohasiga ajraladi. Ishlab chiqarish sohasida quyidagi yo‗nalishlar
bo‗yicha axborot tizimlarini ajratib ko‗rsatish mumkin: mashinasozlik majmui,
energetika majmui, transport majmui, metallurgiya majmui va boshqalar.
Ijtimoiy sohada axborot tizimlari quyidagi yo‗nalishlar bo‗yicha ajratiladi:
sog‗liqni saqlash, nafaqa va ijtimoiy ta‘minot, ta‘lim, madaniyat va aholi dam olishi,
ijtimoiy va sotsial hayot, xizmatlar va faxrli maishiy hayoti, savdo va umumiy
ovqatlanish, kommunal xizmat, atrof-muhit muhofazasi.
Boshqaruv sohasida axborot tizimlari quyidagi yo‗nalishlar bo‗yicha ajratiladi:
deputatlar korpusi va ijroiya hokimiyati, davlat boshqaruvi va statistika, tashqi
iqtisodiy faoliyat, moliya organlari, bank tizimlari, huquqni muhofaza etish organlari
va hokazolarga xizmat ko‗rsatish.
Faoliyat ko‗rsatish sohasi bo‗yicha axborot tizimlari quyidagi yo‗na-lishlarga
ajratiladi: sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‗jaligi va hokazo.
Qo‗llanish doirasi bo‗yicha asosiy klassifikatsiyaviy (tasnifiy) belgi axborot
tizimlari va texnologiyalarini qo‗llash sohasi bilan aniqlanadi.
Mamlakat milliy iqtisodi ijtimoiy mahsulotni yaratish, iste‘mol qilish yoki
taqsimlashda ishtirok etuvchi iqtisodiy-tashkiliy obyektlarni (korxonalar, birlashmalar,
konsernlar, va hokazolar) o‗zida aks ettiradiki, ular ham o‗z navbatida ishlab chiqarish
va iqtisodiy-tashkiliy axborot tizimlariga bo‗linadi.
Ishlab chiqarish tizimlarida mahsulot yaratish, loyihani ishlab chiqish, ilmiy
qoidalarni tayyorlash amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonlarining me`yorida
ishlashini boshqarish tizimi ta`minlaydi, unda ishlab chiqarish sohasida bevosita
ishtirok etmaydigan mutaxassislar band. Ular faoliyatining sohasi – ishlab chiqarish
jarayonlarini tashkillashtirish va boshqarish, ular talab etadigan zahiralarni
ta‘minlashdan iborat.
Ishlab chiqarish tizimlari sinfini mahsulotning turli hayotiy sikli bosqichlariga
muvofiq holda kichik sinflarga bo‗lish mumkin: ilmiy tadqiqot – loyihalash – ishlab
chiqarish – sinovdan o‗tkazish.
Ishlab chiqarish jarayonlari uchun axborot texnologiyalarini qo‗llash tegishlicha