84
Yechish.
Silindr bilan tekislikning kesishish chizig’ini yasash uchun oldin
kesishish chizig’iga oid nuqtalar topiladi. So`ngra topilgan nuqtalar lekalo
yordamida tutashtiriladi. Buning uchun silindr gorizontali proyeksiyalari va
tekislikning qiyalik masshtabi P
i
yasaladi. Silindr va tekislikning bir nomli
gorizontallari proyeksiyalari o`zaro kesishib, biz izlagan nuqtalar hosil bo`ladi.
Masalan, d
7
va k
7
nuqtalar quyidagicha topiladi: Tekislikning etti birlikda
joylashgan gorizontali proyeksiyasi o`tkaziladi va o`tkazilgan gorizontal chiziq
silindrning etti birlikdagi gorizontali bilan kesishib, izlagan d
7
va k
7
nuqtalarni
hosil qiladi.
Kesishish chizig’iga oid eng quyi f
5,9
va eng yuqori ℓ
7,9
nuqtalar quyidagicha
topiladi. Silindrning ikkita ixtiyoriy (7 va 8) gorizontali proyeksiyalariga urinma
qilib tekislikning gorizontallari o`tkaziladi va urinish nuqtalaridan b
7
r
8
hamda 4
7
j
6
orqali to’g’ri chiziqlar o’tkaziladi. O’tkazilgan to`g’ri chiziqlar bilan berilgan
tekislikning kesishish nuqtalari izlangan f
5,9
va ℓ
7,9
nuqtalar bo`ladi.
Kesishish chizig’ining ko`rinar va ko`rinmas qismlarini ajratuvchi nuqtalar
silindrning kontur yasovchilari bilan tekislikning kesishish nuqtalari (S
6,8
va 9
6,7
)
bo`ladi.
Kesishish chizig’iga oid qolgan nuqtalar d
7
va k
7
nuqtalar kabi topiladi.
Dostları ilə paylaş: