Yodgorov, Nodir Djalolovich


son belgili proyeksiyalarga



Yüklə 20,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/53
tarix19.10.2023
ölçüsü20,21 Mb.
#157053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
topografik chizmachilik yodgorov (1)

son belgili proyeksiyalarga
asoslanib ularning tasvirlarini bajarishdan iborat.
Topografik xarita, topografik plan, yer sirtining profili
-bularning 
hammasi topografik chizma, grafik hujjat hisoblanib katta amaliy ahamiyatga ega 
va ularda yer sirtining alohida maydon (joy)lari tasvirlanadi. Ular son belgili 
proyeksiyalarga asoslanib, turli geometrik shakllar: to`g’ri chiziq, tekislik va sirtlar 
o`rtasidagi metrik va pozitsion masalalarni yecha olishga o`rgatadi. 
Topografiya 
(yunoncha topos – joy va grapho – tasvirlash demakdir) – yer 
yuzasining, ma`lum bir kichik qismi (joy)ni plan yoki xaritada tasvirlash usulini 
o`rgatadi.
Hozirgi vaqtda topografiya dala sharoitida dastlabki plan va xaritalar tuzish 
bilan birga, ayerofotosuratlar yordamida yer yuzasini xaritaga va planga tushirish, 
ularni umumlashtirish natijasida yirik masshtabli xaritalardan maydaroq masshtabli 
xaritalar tuzish va tahrir qilish, topografik xaritalarda ishlatiladigan shartli 
belgilarni takomillashtirish bilan shug’ullanadi, oqibatda plan olish ishlari 
tezlashtiriladi, sifati yaxshilanadi va tan narxi arzonlashadi. 
Topografik plan yoki xaritalar tuzish uchun muhim ma`lumotlar tayyorlab 
beradigan fan-geodeziya hisoblanadi. 
Geodeziya
(grekcha geo – yer, daio – o`lchash, ya`ni yerni o`lchash 
demakdir) yerning shakli va kattaligini o`lchash, yer yuzasida har xil muhandislik 
loyihalash ishlari va topografik xarita hamda plan olish uchun zarur bo`lgan 
geodezik tayanch punktlari tashkil qilish usullarini, geodezik asboblarning 
tuzilishini, ular bilan ishlash yo`llarini o`rgatadi. 
Hozirgi vaqtda geodeziya fani oliy geodeziya, quyi geodeziya, muhandislik 
geodeziyasi singari mustaqil turlarga bo`linadi. 
Yer shaklini va uning o`lchamlarini aniqlash, mamlakatimiz xaritalarini 
tuzish uchun geodeziya tayanch nuqtalarini barpo etish maqsadida katta 
teritoriyalarda olib boriladigan o`lchash ishlari va ularni tashkil qilish bilan oliy 
geodeziya shug’ullanadi. 
Yer yuzasining ayrim bo`laklarini plan, xarita va profillarini chizib 
tasvirlashda bajariladigan o`lchash usullarini, geodezik asboblar bilan ishlashni 
quyi geodeziya yoki geodeziya o`rgatadi. 
Muhandislik inshootlarining o`rnini planda belgilash, qidirib topish, ularni 
loyihasini tayyorlash ishlari bilan 

Yüklə 20,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin