son belgili proyeksiyalarga asoslanib ularning tasvirlarini bajarishdan iborat.
Topografik xarita, topografik plan, yer sirtining profili -bularning
hammasi topografik chizma, grafik hujjat hisoblanib katta amaliy ahamiyatga ega
va ularda yer sirtining alohida maydon (joy)lari tasvirlanadi. Ular son belgili
proyeksiyalarga asoslanib, turli geometrik shakllar: to`g’ri chiziq, tekislik va sirtlar
o`rtasidagi metrik va pozitsion masalalarni yecha olishga o`rgatadi.
Topografiya (yunoncha topos – joy va grapho – tasvirlash demakdir) – yer
yuzasining, ma`lum bir kichik qismi (joy)ni plan yoki xaritada tasvirlash usulini
o`rgatadi.
Hozirgi vaqtda topografiya dala sharoitida dastlabki plan va xaritalar tuzish
bilan birga, ayerofotosuratlar yordamida yer yuzasini xaritaga va planga tushirish,
ularni umumlashtirish natijasida yirik masshtabli xaritalardan maydaroq masshtabli
xaritalar tuzish va tahrir qilish, topografik xaritalarda ishlatiladigan shartli
belgilarni takomillashtirish bilan shug’ullanadi, oqibatda plan olish ishlari
tezlashtiriladi, sifati yaxshilanadi va tan narxi arzonlashadi.
Topografik plan yoki xaritalar tuzish uchun muhim ma`lumotlar tayyorlab
beradigan fan-geodeziya hisoblanadi.
Geodeziya (grekcha geo – yer, daio – o`lchash, ya`ni yerni o`lchash
demakdir) yerning shakli va kattaligini o`lchash, yer yuzasida har xil muhandislik
loyihalash ishlari va topografik xarita hamda plan olish uchun zarur bo`lgan
geodezik tayanch punktlari tashkil qilish usullarini, geodezik asboblarning
tuzilishini, ular bilan ishlash yo`llarini o`rgatadi.
Hozirgi vaqtda geodeziya fani oliy geodeziya, quyi geodeziya, muhandislik
geodeziyasi singari mustaqil turlarga bo`linadi.
Yer shaklini va uning o`lchamlarini aniqlash, mamlakatimiz xaritalarini
tuzish uchun geodeziya tayanch nuqtalarini barpo etish maqsadida katta
teritoriyalarda olib boriladigan o`lchash ishlari va ularni tashkil qilish bilan oliy
geodeziya shug’ullanadi.
Yer yuzasining ayrim bo`laklarini plan, xarita va profillarini chizib
tasvirlashda bajariladigan o`lchash usullarini, geodezik asboblar bilan ishlashni
quyi geodeziya yoki geodeziya o`rgatadi.
Muhandislik inshootlarining o`rnini planda belgilash, qidirib topish, ularni
loyihasini tayyorlash ishlari bilan