Yodgorov, Nodir Djalolovich



Yüklə 20,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/53
tarix19.10.2023
ölçüsü20,21 Mb.
#157053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
topografik chizmachilik yodgorov (1)

injenerlik geodeziyasi
shug’ullanadi. 



Geodeziya fani astronomiya, topografiya, xaritagrafiya, geografiya va 
geofizika fanlari bilan uzviy bog’langan. Geodezik o`lchashlar asosida topografik 
plan va xarita chizish uchun juda zarur bo`lgan ma`lumotlar, ya`ni yer yuzasidagi 
joylarning geografik va to`g’ri burchakli koordinatalari, ularning balandliklari 
aniqlanadi. Hozirgi vaqtda qadimgi geodeziya fani takomillashmoqda, undan yangi 
fanlar ajralib chiqmoqda. O`lchash va hisoblash ishlarini takomillashtirish 
maqsadida radio, svetodalnomerlar, elektron hisoblash mashinalari ishlatilmoqda. 
Shu asosda yangi fan — 
radiogeodeziya
vujudga keldi. Kosmosdan turib yerning 
shakli va kattaligini o`lchashda, materiklarni bir-biri bilan geodezik jihatdan 
bog’lashda 
kosmik geodeziya
fani paydo bo`ldi.
Xaritagrafiya fani qadimiy fanlardan bo`lib, dastlab bu fanni milodning II 
asrida yashagan ulug’ olim Klavdiy Ptolemey ta`riflab bergan. Bizning bobokalon 
olimlarimizdan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud 
Qoshg’ariylar ham geografiyaning rivojiga katta hissa qo`shgan va dunyo 
xaritalarini tuzgan. VIII asr oxiri — IX asr boshida yashab, ijod qilgan Muhammad 
al-Xorazmiy Yerning sharsimon ekanligini aytib bergan. X asr oxiri — XI asrning 
birinchi yarmida yashagan Abu Rayhon Beruniy Yerning birinchi modeli — 
globusni yasagan va asarlarida Yer sharining narigi tomonida ham quruqlik borligi 
haqida yozib qoldirgan, dunyo xaritasini tuzgan. Mahmud Koshg’ariy (XI asr) 
«Devonu lug’atit turk» asarida ko`p geografik joy va terminlarga izoh yozgan, 
dunyo xaritasini ishlagan. 
Vaqt o`tishi va fanning rivojlanishi bilan xaritagrafiyaning ta`rifi ham 
takomillasha bordi. 
Xaritagrafiya
— tabiat va jamiyatda vaqt o`tishi bilan o`zgaradigan voqea 
va hodisalarning tarqalishini, ularning birgalikda o`zaro bog’liqligini, xaritagrafik 
ma`lumotlarni obrazli—belgi-modellar vositasida ko`rgazmali ravishda tasvirlash 
yo`llarini o`rgatuvchi fandir. 
Xarita termini grekcha kartes so`zidan olinib, xat yozish uchun 
ishlatiladigan papirus qog’ozining bir varag’i, degan ma`noni anglatadi. Geografik 
xaritalar maxsus matematik yo`l bilan hisoblash natijasida yer ellipsoidini 
tekislikda tasvirlash natijasida vujudga keladi. Yuqorida aytganimizdek, xaritalarda 
voqea va hodisalar maxsus obrazli belgilar yordamida tasvirlanadi. Ularning 
miqdorini, sifatini, joylashgan o`rnini va boshqa ko`rsatkichlarini xaritaga qarab 
aniqlash mumkin. Bundan tashqari, xaritaning maqsadi, masshtabi va ishlatilishiga 
qarab tafsilotlar saralanadi va umumlashtirilgan holda tasvirlanadi. 
Xaritagrafik tasvir geografik xaritaning asosiy qismi bo`lib, 
tasvirlanayotgan territoriyaning tabiiy va sotsial-iqtisodiy jihatlarini, voqea-
hodisalarning geografik joylashish xususiyatlarini, ularning o`zaro bog’liqligi va 
hatto rivojlanishini tasvirlaydi. 
Xarita qayerda nima borligini ko`rsatibgina qolmasdan, bu narsalarning 
miqdori va ulardan qanday foydalanish mumkinligini ko`rsatib berish imkoniyatiga 
ega. Xarita yordamida voqea-hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini aytib berish 
va ularga baho berish mumkin. Xarita qadim zamolardan buyon qo’llanib kelingan.




Yüklə 20,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin