Yodgorov, Nodir Djalolovich


 -§.Topografik xarita ,plan va yer sirti profili



Yüklə 20,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/53
tarix19.10.2023
ölçüsü20,21 Mb.
#157053
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53
topografik chizmachilik yodgorov (1)

2 -§.Topografik xarita ,plan va yer sirti profili 
Yer sirti aylanish ellipsoidi shaklida bo`lib, 71% ga yaqini dengiz va 
okeanlardan iborat. Uning xar bir nuqtasi balandligi yoki chuqurligi dengiz va 
okeanlar suvining sathiga nisbatan o`lchanadi. Buning uchun dengiz va okean 
suvining sathi yer sirti bo`ylab xayolan davom ettiriladi. Hosil bo`lgan sirt sath 
sirti (H
1
) bo`lib, yer sirtining istalgan nuqtasi (K)dan shu sirtgacha bo`lgan masofa 
(KK
1
) K
1
nuqtaning balandligi bo`ladi (KK


H
1
) (1- shakl,a).
Yer sirti ABCD to`rtburchagining sath sirti (H
1
) dagi proyeksiyasi a
1
b
1
c
1
d
1
(1- shakl,b), shu to`rtburchakning sath sirtiga urinma bo`lgan gorizontal tekislik 
(H) dagi to`g’ri burchakli proyeksiyasi abcd (1- shakl, c). Sath sirti (H
1
) dagi 
proyeksiya a
1
b
1
c
1
d

to`rtburchakni geodezik asboblar (o`lcham lentasi, teodolit va 
b.) yordamida tekislikka yoyilsa, yer egriligini hisobga olib ABCD 
to`rtburchakning tekislikdagi ko`rinishi hosil qilingan bo`ladi. 
H tekislikdagi abcd to`rtburchak yer egriligini hisobga olmasdan ABCD 
to`rtburchakning tekislikdagi ko`rinishi bo`ladi. 
Yer maydoni qancha kichik bo`lsa, uning yer egriligini hisobga olib hosil 
qilingan proyeksiyasi bilan yerning egriligini hisobga olmay hosil qilingan 
proyeksiyasi orasidagi farq shuncha kam bo`ladi. Shuning uchun radiusi 20 km 
gacha bo`lgan maydonlarni tasvirlashda yerning egriligi hisobga olinmaydi ya`ni 
sath sirtiga urinma bo`lgan gorizontal H tekislikka proyeksiyalanadi. 
Yer sathi sirti egriligini hisobga olgan holda chizilgan yer umumiy sathi 
yoki uning bir qismining tekislikdagi tasviri 
xarita
deyiladi. 
Yerning uncha katta bo`lmagan qismining sath sirti egriligini hisobga 
olmay tekislikda chizilgan tasviri 
plan
deyiladi. 
Joyning relefi tasvirlanmagan plan konturli plan deyiladi. Bunday planda 
joyning holati, ya`ni yaylovlar , o`rmonlar, botqoqliklar, haydalgan yerlar, aholi 
yashaydigan joylarning chegaralari ko`rsatiladi ; daryolar, ko`llar, yo`llar va 
hokazolar tasvirlanadi. Agar planda joyning holatidan tashqari uning relefi ham 
tasvirlangan bo`lsa, unga 

Yüklə 20,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin